“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2021, 02:15
ЎЗO‘Z

Baxtiyor Ashurmatov "Surxon"ga qarshi o‘yin, Muzaffarovning yo‘qligi va keyingi o‘yin haqida gapirdi

25 iyun, 21:37 1 144 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Baxtiyor Ashurmatov "Surxon"ga qarshi o‘yin, Muzaffarovning yo‘qligi va keyingi o‘yin haqida gapirdi "Qo‘qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov "Surxon"ga qarshi o‘yindan so‘ng (3:0) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Uchrashuv haqida

Bugungi o‘yin oldidan murabbiy sifatida biroz his-hayajon bor edi. Chunki, "Surxon" safida malakali futbolchilar yetarli. Salomov, Kasyan, Stanoyevich, G‘ofurov kabi kuchli futbolchilar shular jumlasidandir. Shu sababli ham o‘yin oldidan xavotir bor edi.

Lekin yigitlar o‘z o‘yinlari bilan potensialimiz yuqori ekanligini ko‘rsatishdi. Ushbu g‘alaba uchun yigitlardan minnatdorman, ular bilan faxrlanaman. Uyda o‘ynaganimiz uchun bosim uyushtirishimiz kerak edi, imkoniyatlarimiz yaxshi ekanligini futbolchilarimiz ko‘rsatib berishdi, o‘ylaymanki kelasi bahslarda ham shunday o‘yinni saqlab qolamiz.

Birinchi va ikkinchi bo‘limdagi farq?
Birinchi bo‘limlarda jamoamiz tartibli o‘yin namoyish etmoqda. Gol kiritganimizdan so‘ng raqib tomonda ham bo‘sh zonalar paydo bo‘lmoqda va shu sabab qarshi hujumda ham o‘ynayapmiz. Buning ortidan yana golli vaziyatlarga harakat qilyapmiz. Shu sababli golgacha yigitlarda ham bosim bo‘lib turibdi. Shuning uchun o‘yinimizni ikki qismga - golgacha va goldan keyin deb ajratsak bo‘ladi.
O‘ylaymanki, bugun g‘alabaga haqliroq bo‘ldik. Ushbu o‘yindan muxlislar ham xursand bo‘lishdi.

Muzaffar Muzaffarrov haqida
Muzaffar bugun o‘yin qaydnomasiga kiritildi. Agar zaruriyat tug‘ilganida uni 30 daqiqagacha o‘yinga qo‘yishimiz ham mumkin edi. Hisob 2:0 ko‘rinishida bizning foydamizga ko‘rinish olgani uchun boshqa yigitlarga imkon berdik. O‘ylaymanki, u kelasi o‘yinlrga 100 foiz tayyor bo‘ladi.

Keyingi turda "Mash’al" bilan o‘yin haqida
Albatta biz har bir uchrashuv oldidan raqib o‘yinni jamoa bilan, murabbiylar shtabi bilan birga o‘rganamiz, tahlil qilamiz. Shunga qarab o‘yin taktikasini tanlaymiz, tayyorgarlik ko‘ramiz. Bugungi g‘alabada ham murabbiylar shtabimizdagi Zohid Nurmatov va Davron Fayziyev, shuningdek boshqa mutaxassislarimizning yordami katta bo‘ldi. Ularga minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa, rahbariyat ham bizga imkoniyat yaratib bermoqda, buning uchun rahmat aytaman. Biz bunga javoban rahbariyat va muxlislarning ishonchini oqlashimiz lozim.

Endi safardagi o‘yinlarda bundan kuchliroq o‘yin ko‘rsatsak, natijamiz yanada yaxshilanishi mumkin.

Manba: championat.asia



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Rasman: Baxtiyor Ashurmatov "Surxon" jamoasi bosh murabbiyligini tark etdi 29 iyul, 23:23
  • Baxtiyor Ashurmatov "Surxon" rahbariyati maoshlarni to‘lab bergani va "Nasaf"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatga izoh berdi 29 iyul, 22:30
  • Baxtiyor Ashurmatov: "Mendan oldin jamoada ishlagan murabbiylarga rahmat aytaman" 30 iyun, 23:20
  • Baxtiyor Ashurmatov «Surxon» bosh murabbiyi etib tayinlandi 27 iyun, 16:00
  • Baxtiyor Ashurmatov: “O‘zbekiston Kubogini yutdi degani, hayot tugadi degani emas” 04 noya, 20:32
  • Baxtiyor Ashurmatov: “Ikkinchi taymda yaxshi o‘ynadik, lekin...” 19 iyul, 10:10
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Chilonzor hokimi yolvorib vazifalarni bajarishga va’da bergani uchun uni ishdan bo‘shatmaganini aytdi 17 yanv, 00:23 445
  • Rossiyada plombalari olinmagan 26 yillik «Jiguli» yangi BMW X3 narxida sotuvga qo‘yildi (foto) 16 yanv, 23:50 374
  • B12 vitamini yetishmasligining ko‘zga tashlanmaydigan belgisi ma’lum bo‘ldi 16 yanv, 23:15 395
  • Eldor Shomurodov eng zo‘r murabbiy kimligini aytdi 16 yanv, 22:48 445
  • Piter Xyuistra: Yangi futbolchilar keladi, ammo... 16 yanv, 22:22 672
  • Eldor Shomurodov «Jenoa»dagi muvaffaqiyatli start haqida: «Men endigina yo‘lning boshidaman» 16 yanv, 21:50 673
  • «Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit» — Jismoniy tarbiya va sport vazirligi antiqa bayonot berdi 16 yanv, 21:21 1 070
  • Pavel Durov 30 milliardlik sarmoyani rad etdi 16 yanv, 21:00 436
  • «Qamchiq» dovonida «Mercedes-Benz» yonib ketdi (foto) 16 yanv, 20:30 361
  • Lukashenko: «O‘tgan yil bizlarga niqob taqdi, biroq ayrimlarning yuzidagi niqobni sidirib tashladi» 16 yanv, 20:00 401
  • Otabekov: “COVID-19 ning yangi shtammi odamlarni xavotirga solyapti – u bolalarda ko‘p uchramoqda” 16 yanv, 19:24 856
  • Qurilish vaziri sohadagi korrupsion sxema haqida gapirdi 16 yanv, 18:48 603
  • Bo‘limlar