“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2021, 01:16
ЎЗO‘Z

Andrey Kanchelskis: "27 iyunda jurnalistlar bayrami? G‘alaba qozonib, sizlarni tabriklash nasib qiladi deb umid qilaman"

20 iyun, 23:15 1 494 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andrey Kanchelskis: "27 iyunda jurnalistlar bayrami? G‘alaba qozonib, sizlarni tabriklash nasib qiladi deb umid qilaman" Coca Cola Superligasi 5 turidan o‘rin olgan «Navbahor» va «Buxoro» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng «Navbahor» klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"O‘zingiz ko‘rdingiz, uchrashuv juda og‘ir o‘tdi. Ikkinchi taymda, ayniqsa, "Buxoro" klubiga qarshi turish qiyin kechdi. Yaxshi vaziyatlar yaratdik, biroq ulardan unumli foydalana bilmadik. Aks holda, hisob yanada yirik ko‘rinish olishi mumkin edi.

Buxoroliklarga minnatdorchilik bildiraman. Ular o‘zlarida yuzaga kelgan muammolarga qaramasdan kuchli o‘yin namoyish etishdi. Bir nechta vaziyatda tajriba yetishmadi. Jamoa so‘nggi o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da, ruhiy jihatdan ancha chidamli ekanligini namoyish eta oldi. Bu bizga dars bo‘ladi. "Nasaf" bilan o‘yindan keyin biroz qiyin bo‘ldi. Har bir o‘yin biz uchun muhim, eng asosiysi 3 ochko oldik. Pandemiyadan keyingi uydagi ilk o‘yinimizda g‘alaba qozondik.

Ikkinchi taymda yigitlar maydonda yurishdi? Menimcha bu o‘yinga yetarli darajada nastroy qila olishmaganida. Bundan tashqari Qarshidan uzoq yo‘l bosib qaytdik. To‘g‘ri ikkinchi taymda himoyaga ko‘proq urg‘u qaratdik. Hozir o‘zimizga kelib olishimiz kerak. G‘alaba ruhiyati keyingi o‘yinlarda bizga yor bo‘lishini istayman.

27 iyunda jurnalistlar bayrami? Ushbu bayram bilan g‘alaba qozonib, sizlarni tabriklash nasib qiladi deb umid qilaman.
TV orqali bizni qo‘llab quvvatlagan, stadion yonidagi daraxtlarda bizni qo‘llagan muxlislarga rahmat aytaman.

Karantin o‘yinlarga ta’sir qildimi? Albatta, Bundesligada 6talab gollar urilmoqda, masalan kecha Rossiyada 11ta gol urildi. Hozir xarakter namoyish etish kerak, bunga erishgan jamoa g‘alaba qozonadi", - dedi rossiyalik mutaxassis.

Manba: championat.asia



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • "Buxoro" klubi murabbiyi: Bir nechta muhim futbolchilarsiz o‘ynamoqdamiz 20 iyun, 22:20
  • Andrey Kanchelskis: "Penaltini Turg‘unboyev emas Ahmedov tepishi kerak edi" 14 iyun, 23:58
  • Andrey Fyodorov yirik hisobdagi g‘alabadan keyingi fikrlarini bildirdi 15 mar, 22:00
  • Andrey Kanchelskis: "Navbahor" zaxira o‘rindig‘i juda ham "tor" 15 sen, 22:00
  • Andrey Kanchelskis “Navbahor” boshqaruvidagi ilk oʻyinidan soʻng nimalar dedi? 22 okt, 06:27
  • Baxtiyor Ashurmatov: «Nasaf» ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi 29 iyul, 16:37
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya va Belarus davlat to‘ntarishining oldi olingani haqida xabar berdi 19 apr, 00:30 0
  • Misrda relsdan chiqib ketgan poyezd fojiaga sabab bo‘ldi (video) 19 apr, 00:01 1
  • Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak? 19 apr, 00:01 0
  • “Tramadol”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 18 apr, 23:36 254
  • Parfyumeriya mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 18 apr, 23:13 314
  • "Jenoa" bosh murabbiyi "Milan"ga boy berilgan o‘yin haqida nimalar dedi? 18 apr, 22:48 718
  • Och qoringa iste’mol qilish xavfli bo‘lgan mahsulotlarni bilasizmi? 18 apr, 22:13 927
  • Fuqaroga 55,5 mln. so‘m haqi undirib berildi 18 apr, 21:51 772
  • Gimnastikachi qizlarimiz tarixiy natija qayd etishdi 18 apr, 21:30 1 077
  • O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan o‘rin oldi 18 apr, 21:00 1 207
  • Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari fosh etildi 18 apr, 20:36 622
  • Yuk mashinalariga yashirilgan mineral o‘g‘itlar fosh bo‘ldi 18 apr, 20:12 609
  • Bo‘limlar