“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 06:01
ЎЗO‘Z

Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina harbiylarda sinala boshlandi

18 iyun, 20:53 3 459 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina harbiylarda sinala boshlandi Rossiya mudofaa vazirligi Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinaning sinovini boshladi. Vaksinani ilk 18 ko‘ngilli harbiy olgan.

Ta’kidlanishicha, vaksina kiritilgandan keyin tajriba ishtirokchilarida ikkilamchi ta’sirlar va asoratlar kuzatilmayapti, ular sog‘liqlaridan shikoyat qilmayapti.

Sinovlar Burdenko nomidagi gospitalda o‘tkazilmoqda. Vaksina olganlar shifokorlar kuzatuvida qoladi. Bir necha kundan keyin vaksinani tadqiqotning barcha ishtirokchilariga kiritish rejalashtirilmoqda.

Sinovlarda 38 kishidan 2 guruh ishtirok etadi. Ularda ham harbiylar, ham fuqarolar ishtirok etmoqda. Avvalroq ular maxsus saralashdan o‘tishgan.

Emlashdan keyin barcha ko‘ngillilar statsionar sharoitda 28 kun qoladi. U yerda shifokorlar ularning holatini nazorat qiladi: qon tahlillari olinadi, immun javobi shakllanayotgani, vaksinaga nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lmagani kuzatiladi”, deb ma’lum qilingan vazirlikda. Vaksinani olgan ko‘ngillilar statsionardan chiqarilgach, yana 6 oy davomida shifokorlar nazoratida bo‘ladi.

Rossiya mudofaa vazirligi 16 iyunda koronavirusdan “Gam-KOVID-Vak” va “Gam-KOVID-Vak Lio” vaksinalarini odamlarda sinashga ruxsat bergan. Ta’kidlanishicha, gap bitta vaksinaning ikki xil shakli haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 121
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 299
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 78
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 178
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 165
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 315
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 8
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 12
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 121
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 64
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 27
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 36
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 200
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 139
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 128
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 45
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 233
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 299
  • Bo‘limlar