“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 06:57
ЎЗO‘Z

Toshkent viloyatida tuman hokimi o‘rinbosari va harbiy qism mayori pora bilan ushlandi (video)

18 iyun, 00:30 4 339 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent viloyatida tuman hokimi o‘rinbosari va harbiy qism mayori pora bilan ushlandi (video) «Axborot 24» dasturida DXX va prokuratura organlari tomonidan aniqlangan bir nechta korrupsiya va firibgarlik jinoyatlari haqida ma’lumot berildi.

Toshkent viloyatida 60 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi o‘rinbosari qo‘lga olindi
Toshkent viloyati tumanlaridan birida hokim o‘rinbosari vazifasida ishlovchi shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga 10 gektar bo‘sh yer maydonini 60 ming dollarga sotishi va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, undan 25 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, bundan biroz muqaddam ushbu mansabdor shaxsning jinoiy aloqasi bo‘lgan kimsa ham 1 gektar unumdor yer maydonini 100 ming dollarga sotayotganda ushlangan bo‘lgan.

Xabarda qaysi tuman mansabdori haqida gap ketayotgani ochiqlanmagan.

Harbiy qism mayori 3 ming dollar pora bilan ushlandi
Toshkent viloyatida joylashgan, Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qismlardan birida xizmat qiluvchi mayor unvonidagi harbiy xizmatchi mahalliy fuqarodan shartnoma asosida haqiqiy harbiy xizmatga qabul qilinishiga yordam berish evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida u muqaddam boshqa bir fuqaroni shartnoma asosida haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilishi uchun yordam berishini va’da qilib, 700 dollar olgani ham ma’lum bo‘lgan.

Mayor unvoniga ega ofitserning bunday noqonuniy xatti-harakatlarini amalga oshirishida vositachilik qilgan ayol ham tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.

Konservatoriyaga o‘qishga kirish uchun 5 ming dollar
Toshkentdagi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi katta o‘qituvchisi o‘zganing ishonchiga kirib, undan 5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

U mazkur pul evaziga muqaddam ushbu litseyda o‘qigan fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Xorazmda 45 ming dollar evaziga tadbirkorning muammosini hal etib bermoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi
Xorazm viloyati Urganch tumanida istiqomat qiluvchi tadbirkor o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasini rekonstruksiya qilish yo‘li bilan uni avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish kompressor stansiyasiga aylantirish uchun tegishli hujjatlarni joriy yilning yanvar oyida viloyat hokimligiga taqdim etadi.

Biroq hozirgacha uning masalasi hal etilmaganidan xabar topgan uddaburon kimsa go‘yoki hokimiyat idoralaridagi tanishlari orqali uning muammosini hal qilib berishini aytib, evaziga 45 ming dollar so‘raydi.

DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs tadbirkordan 44 ming dollar olayotgan vaqtida ushlangan.

Aniqlangan barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 0
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 28
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 100
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 55
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 235
  • So'nggi yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 65
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 27
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 155
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 158
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 238
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Bo‘limlar