“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 21:25
ЎЗO‘Z

Yirik miqdordagi tibbiyot buyumlari va dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

15 iyun, 20:30 2 464 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yirik miqdordagi tibbiyot buyumlari va dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi Bojxona organlari tomonidan tibbiyot buyumlari hamda dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbirlar mutazam o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tezkor tadbir davomida, poytaxtimizdagi avtoturargohlarning birida fuqaro O‘.A. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtoulovdagi 2 dona qutida umumiy qiymati 242 425 000 so‘mlik 2800 dona tibbiyot jarrohlik buyumlari va 7150 dona dori vositalari borligi aniqlandi.

Tadbir davom ettirilib, fuqaro O‘.A. ko‘rsatmasiga asosan, ushbu dori vositalarining egasi fuqaro A.B. ning yashash manzili xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadonning kirish qismidagi yo‘lakda umumiy qiymati 146 975 000 so‘mlik, 2566 dona dori vositalari, 500 dona tibbiyot jarrohlik buyumlari borligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 389 400 000 so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan hamda hech qanday hujjatlari bo‘lmagan tibbiyot buyumlari va dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 98
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 49
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 241
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 275
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 0
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 0
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 3
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 24
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 159
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Bo‘limlar