“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 21:19
ЎЗO‘Z

Andijonda IIB va DXX «Jihodchilar»ning yana bir guruhini qo‘lga oldi

12 iyun, 21:23 3 155 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonda IIB va DXX «Jihodchilar»ning yana bir guruhini qo‘lga oldi Andijon viloyati IIB va DXX xodimlari tomonidan 12 iyun kuni hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan «Jihodchilar» ekstremistik oqimining bir guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ekstremistik faoliyatga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Izboskan va Asaka tumanida yashovchi bir guruh fuqarolarning uylarida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tintuv va olib qo‘yish tergov harakati o‘tkazildi. Tergov harakati natijasida ba’zi guruh a’zolarining telefon apparatlari va kompyuter qurilmalari xotirasida taqiqlangan adabiyotlarni elektron holda saqlash va tarqatish orqali oddiy fuqarolarning ongini yot g‘oyalar bilan buzib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Dastlabki tergov-tekshiruv natijalariga ko‘ra, guruh a’zolarining ayrimlari avval mehnat migranti sifatida Rossiyada ishlab yurishi davomida ekstremistik oqim a’zolarining ta’siriga tushgan va oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelgan. Boshqalari esa internet orqali «Jihodchilar» oqimining aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni ko‘rishi natijasida yot g‘oyalar ta’siriga tushgan va keyinchalik boshqalarni ham shu yo‘lga da’vat qilgan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 23 oktabr kuni Toshkent shahrida mazkur oqimning bir guruh a’zolari qo‘lga olingan edi. Joriy yilning 7 yanvar kuni Toshkentda mazkur oqimning yana bir guruhi qo‘lga olingan. 8 iyun kuni Boysunda oqimning yana bir guruhi faoliyatiga chek qo‘yildi.

Bundan tashqari, 2020 yilning 19 fevral kuni Toshkentda «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terroristik tashkilotiga aloqador bo‘lgan 21 kishi qo‘lga olingan edi. 26 fevral kuni esa Toshkent shahri va viloyatida terrorchilik guruhlariga a’zolikda gumonlangan yana 21 kishi qo‘lga olindi. May oyida esa Farg‘onada «Hizb ut-Tahrir» terrorchilik tashkilotini bir guruh a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Oliy sudining 2016 yil 26 sentabrdagi qarori bilan «Jihodchilar» diniy-ekstremistik oqimi O‘zbekiston hududida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Boysunda «Jihodchilar» guruhi IIV va DXX tomonidan ushlandi 09 iyun, 09:30
  • Farg‘onada «Hizb ut-Tahrir» terrorchilik tashkilotining bir guruh a’zolari qo‘lga olindi 28 мая, 22:10
  • Toshkentda «Jihodchilar»ning navbatdagi guruhi IIV va DXX tomonidan ushlandi 10 yanv, 08:30
  • Qashqadaryoda bir guruh bosqinchilar qo‘lga olindi 09 noya, 15:29
  • Toshkentda jihodchilar qo‘lga olindi 24 okt, 09:00
  • Bir guruh xavfli bosqinchilar qo‘lga olindi 12 fev, 18:50
  • So'nggi yangiliklar
  • Moddalar almashinuvini tezlashtirishning 7 samarali usuli 24 okt, 20:30 0
  • Haqiqatni aytgan faqat Mikael Sekeyra emas 24 okt, 20:00 0
  • Legionerimizning goli jamoasini YECHLga olib chiqish imkonini berdi 24 okt, 18:48 142
  • AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi 24 okt, 18:38 90
  • Superliga. «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Paxtakor»ni taslim etdi 24 okt, 17:27 103
  • Joze Mourino: “Roma” xo‘jayinlari bir uyum axlat qoldirgan! 24 okt, 17:00 214
  • Turkiyada o‘nta davlat elchilari «qora ro‘yxatga» kiritildi 24 okt, 16:30 191
  • Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar 24 okt, 16:23 197
  • “Bizga Rossiya harbiy bazasining o‘zi yetadi” – Sadir Japarov 24 okt, 15:21 264
  • Ichki ishlar vaziri saylovda qancha mahbus qatnashayotganini ma’lum qildi 24 okt, 15:19 191
  • AQSH Tojikistondagi afg‘on uchuvchilarini tezroq olib ketmoqchi 24 okt, 14:30 236
  • AQSHda «eng daxshatli» jinoyatchi qamoqqa olindi 24 okt, 14:12 338
  • Bo‘limlar