“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 07:16
ЎЗO‘Z

Bu amerikalik Islom uchun hamma narsadan voz kechdi va Alloh uni mukofotladi

04 iyun, 16:23 4 970 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bu amerikalik Islom uchun hamma narsadan voz kechdi va Alloh uni mukofotladi Jenic Xaff baptist ma’ruzachisi edi. Islomni qabul qilganida u hamma narsadan - oila, bolalar, ish, do‘stlardan ayrildi. Ammo Alloh unga hamma yo‘qotganlarini ajoyib tarzda qaytarib berdi, deb yozadi Milli Gazete sayti.

Jenic Xaff 1945 yilda amerikalik baptistlar oilasida tug‘ilgan. Yoshligidan u faol edi, u a’lo baholarga o‘qidi, stipendiyalar oldi, o‘z biznesini yuritdi va mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Radioda jurnalist bo‘lib ishlaganida, u baptistlarning voizi va radikal feminist edi. 1975 yilda u qo‘shimcha ma’lumot olishni qaror qilganda, birinchi bo‘lib Amerikadagi kollej darslariga ro‘yxatdan o‘tish uchun kompyuter ishlatilgan.

Jenic ro‘yxatga olingan, ammo ikki hafta o‘tgach, kompyuter uni xato bilan u umuman rejalashtirmagan teatr kursiga yozib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. Jenic darsga kelganida, uning kursidagi talabalarning aksariyati arablar bo‘lib, ularni u "iflos butparastlar" deb hisoblagan. Ayol hatto o‘qishni tashlamoqchi edi, lekin eri unga: "Ehtimol Xudo seni o‘sha yerga xristian dinini tarqatish uchun olib borgandir", dedi.

Jenicga bu fikr yoqdi. U o‘z kursdoshlariga masihiylikni tushuntira boshladi: "Iso sizni sevgan edi va sizni gunohlardan qutqarish uchun xochda o‘ldi". Ammo uning va’zlari muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Keyin qiz Islomni o‘rganishga qaror qildi - u arablarni baptizmga jalb qilish foydali bo‘ladi deb qaror qildi. Jenic Qur’on o‘qiy boshladi. Va u qanchalik ko‘p o‘qisa, u Qur’ondan o‘zini topgani uchun atrofdagilaridan uzoqlasha boshladi. 1977 yilda u Islomni qabul qildi va ismini Omina deb o‘zgartirdi.

Bu uning oilasi, ayniqsa otasi tomonidan keskin munosabatga sabab bo‘ldi. Onasi uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizishga urindi, otasi esa qurol olib, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitdi. "Jahannamda azob chekkandan ko‘ra uni o‘ldirgan yaxshi", dedi otasi. U hijob kiyishni boshlagani uchun ishdan bo‘shatildi.

Eri Ominadan ajrashdi va uning ikki farzandi sud qarori bilan unga qoldirildi - sudya bolalarning taqdirini musulmon ayolga ishonmasligini aytdi. Unga ikki yo‘ldan birini tanlash taklif etildi: yo u Islomdan voz kechadi yoki uni bolalaridan mahrum bo‘ladi. Bu juda qiyin tanlov edi, chunki shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, u boshqa bola ko‘ra olmas edi. Omina Islomni tanladi. U o‘zining yangi hayot tarzini qabul qila olmaydigan barcha do‘stlarini yo‘qotdi.

Ammo Omina Allohga chin dildan ibodat qildi. Qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, u Qur’on va Sunnatga muvofiq yashashga qaror qildi. U imoni uchun azob chekdi, chekinmadi va bu oxir-oqibat o‘z natijasini berdi: bir muncha vaqt o‘tgach, otasi, onasi va buvisi Islomni qabul qilib, Ominani qo‘llab-quvvatlay boshladilar. U musulmonga turmushga chiqdi va o‘g‘il ko‘rdi.

Otasi bilan qolgan Aminaning o‘g‘li ham 21 yoshida musulmon bo‘ldi. Va ajrashganidan 16 yil o‘tgach, sobiq eri ham imonga keldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u shu vaqtgacha uni kuzatib kelgan va qizi ham pok dinda bo‘lishini xohlagan. U Ominaning oldiga kelib, qilgan ishi uchun uzr so‘radi.

2001 yilda Amerikada Omina Assilmining sa’y-harakatlari bilan arab husnixatida “Iyd al-Muborak” deb yozilgan pochta markasi chiqarilgan.

Omina Xalqaro Musulmon ayollarning uyushmasini tuzdi va uning prezidenti bo‘ldi, dunyo bo‘ylab ayollar orasida islomiy da’vatni tarqatdi. U butun Amerika bo‘ylab sayohat qildi, ma’ruzalar o‘qidi, shaxsiy hikoyasi yuzlab odamlarni lol qoldirdi. Uning yordami bilan musulmonlikni qabul qilish joyi va yozgi bolalar lageri bo‘lgan Musulmonlarning ahvolini o‘rganish markazi tashkil etildi.

2009 yilda Omina Assilmi dunyodagi eng nufuzli 500 musulmon ro‘yxatiga kiritilgan.
Omina Assilmi 2010 yil 5 martda o‘g‘li bilan Nyu-Yorkdan qaytayotganda avtohalokatda vafot etdi. U 65 yoshda edi.

Allohim, Islomga xolis xizmat qilgan bandang Omina Assilmidan rozi bo‘lgin!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 121
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 299
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 78
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 178
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 165
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 315
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 0
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 1
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 8
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 12
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 121
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 65
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 28
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 36
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 200
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 139
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 128
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 45
  • Bo‘limlar