“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:39
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan muloqot qildi

01 iyun, 18:30 2 778 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan muloqot qildi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari kuni kecha «Chashma» chegaraoldi hududida ro‘y bergan hodisa bilan bog‘liq masalalarni batafsil ko‘rib chiqib, bunday vaziyat boshqa takrorlanmasligi uchun mukammal choralar qabul qilish muhim ekanini ta’kidlagan. Hukumat delegatsiyalari o‘tkazgan muzokaralarning samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Ikki tomonlama munosabatlarga oid mavjud masalalarni tartibga solish hamda amaliy hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-kommunikatsiya sohalarida yangi o‘sish nuqtalarini aniqlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni faollashtirish yuzasidan kelishib olingan.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumatlararo qo‘shma komissiyasi hamda Chegaradosh viloyatlar ma’muriyatlari rahbarlari kengashining navbatdagi majlislarini o‘tkazish taklifi qo‘llab-quvvatlangan.

Suhbat chog‘ida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha yaqindan hamkorlikni va idoralararo almashinuvlarni davom ettirish zarurligi qayd etilgan.

Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.

«Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini qardosh xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada mustahkamlashda qat’iy ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 51
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 109
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 53
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar