“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 13:56
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda qolib ketgan Kanchelskis Superliganing qachon tiklanishi mumkinligini aytdi

26 мая, 23:13 2 578 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda qolib ketgan Kanchelskis Superliganing qachon tiklanishi mumkinligini aytdi “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Rusfootball.info nashriga intervyu berib, suhbat davomida hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida mavsumni qanday tarzda qayta boshlash borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. "Navbahor" matbuot xizmati mazkur intervyuni o‘z rasmiy saytiga joylashtirdi.

— O‘zbekistonda ikki oydan buyon karantindamisiz?
— Ha, albatta. Men ham, legionerlar ham hech qayerga ketolmadik. Ayni paytda mashg‘ulotlarni boshlash uchun rasmiy ravishda ruxsat berilishini kutyapmiz. Menimcha, O‘zbekistonda iyun oyi o‘rtalaridan chempionat boshlansa kerak. Bu yerda kasallanganlar soni kamaymoqda. Asta-sekin barchasi izga tushmoqda. Do‘konlar, bozorlar ochilmoqda. Shu bois, futbol ham qaytishiga umid qilsa bo‘ladi. Albatta, o‘yinlar muxlislarsiz o‘tadi.

— Rossiya chempionati 21 iyundan qayta tiklanadi. Tabiiyki, o‘yinlar tomoshabinlarsiz bo‘lgan bo‘m-bo‘sh stadionlarda o‘tadi. Sizningcha, bunday epidemiologik holatda o‘ynash qanchalik xavfli? Chunki futbol — kontaktli o‘yin turi...
— Agar jamoa karantinda bo‘lsa, klub bazasida yashayotgan bo‘lsang, hech qayerga chiqmayotgan bo‘lsang, qanday qilib kasallik tarqalishi mumkin? Bunday holatda kasallik tarqalmaydi. Jamoa a’zolari ikki haftalik karantinda o‘tirishsa va hech qanday kasallik aniqlanmagan bo‘lsa, mavsumni qayta boshlash mumkin. Bu borada hech qanday muammo ko‘rmayapman. Chempionatni albatta oxiriga yetkazib qo‘yish kerak.

- Sizningcha, karantindan so‘ng, qayta tiklanadigan Rossiya chempionatida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilishi mumkinmi?
- Ushbu savolga javob berish qiyin. Chunki barcha bahslar tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Kimdir ishqibozlarga to‘la bo‘lgan stadionda o‘ynashga ko‘nikkan, qaysidir futbolchining esa bo‘sh stadionda o‘yini qovushadi. Mashg‘ulotlarda o‘zini ijobiy jihatdan ko‘rsata oladigan, lekin muxlislar oldida o‘zini yo‘qotib qo‘yadigan o‘yinchilar ham bor. Shunday ekan, bunday vaziyatda kimningdir imkoniyati oshsa, yana qaysidir futbolchi bo‘sh o‘yingohda o‘z imkoniyati darajasida to‘p surolmasligi mumkin.

Bu yerda barchasi ushbu qisqa muddat davomida bo‘lajak 8ta tur o‘yinlariga jamoalarning bahslarga qanday tayyorgarlik ko‘rishlariga bog‘liq.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 1
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 83
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 40
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 393
  • So'nggi yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 0
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 83
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 40
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 234
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bo‘limlar