“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 18:00
ЎЗO‘Z

Portugaliya sayyohlarni qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi

23 мая, 08:30 2 124 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Portugaliya sayyohlarni qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi Foto: Pinterest
Portugaliya tashqi ishlar vaziri Santush Silva mamlakati turistik mavsumga tayyorligini ma’lum qildi.
“Biz Portugaliyada sayyohlarni intiqlik bilan kutmoqdamiz”, deb aytgan vazir va mamlakat aeroportlariga keluvchi barchaning harorati o‘lchanishini ma’lum qilgan.

“Portugaliya sog‘liqni saqlash tizimi yaxshi ishladi va biz sayyohlarni qabul qila olishimiz mumkinligi juda muhimdir”, deb qo‘shimcha qilgan vazir.

Avvalroq Portugaliya hukumati koronavirus sababli yopilgan mehmonxonalar 1 iyundan sekin-asta ochilishini ma’lum qilgandi. Mehmonxonalarga keluvchilar xonalarga avvalgi tashrif buyuruvchilar ketgandan 24 soat o‘tgachgina joylashishlari mumkin bo‘ladi. Sohilbo‘yida joylashgan mehmonxonalarda yashovchilarga shaxsiy shezlonglar tarqatiladi.

Mamlakatdagi plyajlar 6 iyundan ochiladi: dam oluvchilar o‘zaro 1,5 metr saqlashlari kerak bo‘ladi, soyabonlar bir-biridan kamida 3 metr oraliq bilan joylashtiriladi. Shuningdek, u yoki bu plyajda ayni pallada qancha odam borligini tekshirish mumkin bo‘lgan mobil dasturlar paydo bo‘ladi.

18 maydan mamlakatda qisman kafe va restoranlar ochilgan hamda muzey va diqqatga sazovor joylar o‘z ishini qayta boshlagan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Portugaliyada koronavirusdan 30 ming kishi zararlangan, 1289 ming kishi vafot etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 71
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 110
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 112
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 197
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 112
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 529
  • So'nggi yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 0
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 0
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 0
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 0
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Bo‘limlar