“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2021, 19:43
ЎЗO‘Z

MIB: Masofadan turib 256 mln. so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar undirildi

20 мая, 18:00 1 147 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
MIB: Masofadan turib 256 mln. so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar undirildi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi hududiy tuman bo‘limlari ish yurituvida mavjud bo‘lgan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi qarorlariga asosan davlat foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan ma’muriy jarima undirish haqidagi ijro hujjatlari ijro qilinishi davom etmoqda.

Jumladan, yurtimizdagi karantin vaziyatidan kelib chiqib, Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi davlat ijrochilari Sh.Axmedbekova, Z.Jaxongirov, A.Eganberdiyev, D.Yo‘ldoshevlar tomonidan karantin davrida masofadan turib davlat foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan 2019 yil va 2020 yildagi qoldiqda bo‘lgan ijro hujjatlarini ijrosi ta’minlandi. Xavfsizlik kamarini taqish, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tish, quvib o‘tish, odam tashish, avtotransport vositasida uyali aloqa vositalaridan foydalanish, yo‘l belgilari, harakatlanishda tezlik qoidalariga rioya etish, shuningdek, bir qator qoidabuzarliklar yuzasidan ijro hujjatlari ijrosi ta’minlangan.

Jumladan, mazkur davrda haydovchi O.K.dan 10 marta yo‘l xarakati qoidalarini buzganlik uchun jami 1 mln. 365 ming so‘m bo‘lgan ijro hujatlari, qarzdor A.B. dan yo‘l xarakati qoidalarini buzganlik uchun 13 marta sodir etgan qoidabuzarligi uchun jami 2 mln. 331 ming so‘m, qarzdor A.R.dan 16 marta yo‘l qoidalarini buzganlik uchun jami 2 mln. 236 ming so‘m miqdoridagi jarimalar to‘lanishi lozim bo‘lgan shu kabi ijro hujjatlari ijrosi ta’minlandi.

Joriy yilning o‘tgan aprel oyi davomida Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan masofadan turib amalga oshirilgan ijro xarakatlari natijasida haydovchilar tomonidan jami 1 359 ta sodir etilgan yo‘l harakati qoida buzilishlari holati bo‘yicha jami 256 mln. 100 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima mablaglari davlat foydasiga undirilgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Masofadan turib qarzdor korxonalardan undiruvlar amalga oshirilmoqda 19 мая, 23:03
  • Davlat foydasiga soliq qarzini undirish bo‘yicha tizimli ishlar davom emoqda 30 apr, 13:17
  • MIB Toshkentda 5 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzini undirdi 29 apr, 12:33
  • Davlat foydasiga 100 mln. so‘mga yaqin mablag‘ undirildi 25 apr, 17:21
  • Karantin oilalarning butligini tiklashga to‘siq bo‘lmaydi 17 apr, 21:35
  • 5 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirildi 10 fev, 16:40
  • So'nggi yangiliklar
  • Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda 28 fev, 18:48 0
  • “Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman 28 fev, 18:13 3
  • Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi 28 fev, 17:43 23
  • O‘zbekistonda bahorning birinchi kuni qanday ob-havo bilan boshlanadi? 28 fev, 17:13 238
  • Prezident granti, «qizlar uchun maxsus stipendiya» – ular haqida nimalar ma’lum? 28 fev, 16:39 148
  • Xorazmda deputatlar sud raisidan tizimda ochiqlikni kuchaytirishni so‘rashdi 28 fev, 16:00 113
  • Yaxshilik kamayib bormoqda 28 fev, 15:14 320
  • "Muhim xulosa" 28 fev, 14:30 162
  • Mehr tushunchasi 28 fev, 13:53 205
  • Toshkentda besh nafar talabaning murdasi topildi 28 fev, 13:27 1 194
  • Yong‘oq bevaqt o‘limdan asraydi 28 fev, 13:00 580
  • Surxondaryoda Nexia-2 yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi 28 fev, 12:15 315
  • Bo‘limlar