“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 22:13
ЎЗO‘Z

Fuqarolik sudlarida qanday toifa ishlar vaqtincha ko‘rilmaydi?

17 мая, 22:15 2 102 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fuqarolik sudlarida qanday toifa ishlar vaqtincha ko‘rilmaydi? Hududlar «qizil», «sariq» va «yashil» toifaga ajratilishi natijasida karantin cheklovlari bosqichma-bosqich bekor qilinishi munosabati bilan shunga monand sudlar faoliyati tiklanayotgani xabari berilgandi.

Manbamizga ko‘ra, faoliyati tiklangan fuqarolik sudlarida (e’tibor bering, gap, faqat fuqarolik sudlari haqida bormoqda) ayrim toifadagi ishlar ko‘rilishi baribir vaqtincha to‘xtatilib turiladi. Xususan, uy-joydan ko‘chirish (yoki uy-joyga kiritib qo‘yish), merosga oid, nikohni bekor qilish, kredit karzdorlikni undirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yerlarga o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni (agar o‘sha nizoli uylarda odamlar yashayotgan bo‘lsa!) buzishga oid da’vo-arizalar noma’lum muddatgacha ko‘rib chiqilmaydi.

Fuqarolik nizolariga doir boshqa toifadagi ishlar esa sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilgan holda ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari birinchi instansiya sudlariga ishlarni (vaziyatdan kelib chiqib) asosan sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqish tavsiya etilgan.

Oliy sud matbuot xizmatiga ko‘ra, 2020 yilning o‘tgan to‘rt oyi mobaynida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 61 046 ta (2019 yil shu davrida 59 519 ta) fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, shundan 44 474 tasida da’vo talablari qanoatlantirilgan, 7 031 ta da’vo asossiz deb topilib rad qilingan, 2 775 ta ish taraflar yarashganligi, da’vogar da’vosidan voz kechganligi va boshqa qonunda ko‘rsatilgan holatlarga ko‘ra ish yuritishdan tugatilgan. Shuningdek, sudlar tomonidan nizosiz talablar bo‘yicha 19 211 ta (2019 yilda 27 123) sud buyruqlari chiqarilgan.

Viloyat sudlarining apellyatsiya instansiyasi tomonidan 1 405 ta, kassatsiya instansiyasi tomonidan 1 678 ta fuqarolik ishlari ko‘rilib, qonuniy qarorlar qabul qilingan.

Bundan tashqari Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan joriy yilning 1 yanvaridan 1 mayga qadar jami 4 688 ta ariza va shikoyatlar o‘rganib chiqilgani aytiladi. Shundan 1 740 ta murojaat yuzasidan ariza muallifiga tegishli tushuntirish berilib, taalluqliligi bo‘yicha yuborildi. O‘rganilgan shikoyatlarning 2 948 tasi (yoki 62,9 foizi) nazorat tartibidagi shikoyatlarni tashkil etib, shundan 725 tasi (yoki 24,6 foizi) fuqarolik ishi bilan o‘rganib chiqilgan. Qolgan 2 223 ta (yoki 75,4 foizi) shikoyat bo‘yicha sud qarorlari qonuniy deb topilgan.

O‘rganib chiqilgan 725 ta shikoyatning 375 tasi (yoki 51,7 foizi) sudlov hay’atida ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi, 345 tasi (yoki 47,6 foizi) bo‘yicha esa sud qarorlari qonuniy deb topilganligi bois rad qilingan.

Sudlov hay’atiga o‘tkazilgan ishlarning 240 tasi (yoki 33,1 foizi) ko‘rib chiqilib, shundan 179 tasi (yoki 74,6 foizi) bo‘yicha yakuniy xulosaga kelish haqida qarorlar qabul qilindi, qolgan 135 ta (yoki 18,6 foizi) shikoyat esa fuqarolik ishi bilan sudlov hay’atida ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nizolarning oldini olish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida «Meros masalasida 50 ta savolga 50 ta javob», «Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti» nomli qo‘llanmalar tayyorlandi, deyiladi Oliy sud matbuot xizmati axborotida.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Karantin 1 iyungacha uzaytirildi va navbatdagi yengilliklar e’lon qilindi 15 мая, 04:52
  • Barcha hududlarda quyidagi majburiy talablar saqlab qolinadi 07 мая, 10:38
  • «Qizil» hududlarda qaysi faoliyat turlariga ruxsat berilishi ma’lum qilindi 06 мая, 23:52
  • Toshkent shahri «sariq» hudud. Qaysi viloyatlar qaysi toifaga kiritilgani ma’lum qilindi 06 мая, 23:20
  • Ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish masalalari 14 noya, 15:48
  • «Sudlar odamlarni sarson qilish uchun emas, adolat uchun xizmat qilishi kerak» 16 sen, 21:08
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar koronavirusning jinsiy quvvatga ta’sirini o‘rganishdi 12 мая, 21:53 14
  • JCH-2022. Milliy terma jamoamiz qaysi stadionda va soat nechchida o‘ynashi ma’lum 12 мая, 21:30 76
  • "Navbahor" o‘z maydonidagi ilk g‘alabani "Surxon" ustidan qo‘lga kiritdi 12 мая, 21:14 120
  • Yirik hisobda g‘alaba qozongan "Paxtakor" peshqadamlikni qo‘lga oldi 12 мая, 21:04 144
  • Muborak arafa kunlari ota farzandi uchun 7 oylik aliment pullarini to‘ladi 12 мая, 20:47 103
  • Hokimlikdan tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirib berildi 12 мая, 20:25 138
  • Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi 12 мая, 19:56 184
  • Karamning qanday foydali xususiyatlari bor? 12 мая, 19:18 150
  • Toshkentda singlisini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yollagan ayolga sud hukmi o‘qildi 12 мая, 18:36 426
  • Ronalduning agenti uning xizmatlarini APL klubiga taklif qilmoqda 12 мая, 18:00 325
  • «Sputnik V» qachondan oddiy aholiga qo‘llanilishi ma’lum qilindi 12 мая, 17:11 403
  • Neymar Messi bilan emas, Ronaldu bilan o‘ynashni orzu qilyapti 12 мая, 16:50 426
  • Bo‘limlar