“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 02:09
ЎЗO‘Z

Davlat banklaridan 6tasi xususiylashtiriladi

13 мая, 09:10 2 336 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davlat banklaridan 6tasi xususiylashtiriladi Hujjatga asosan, xalqaro moliya institutlari ko‘magida «Ipoteka-bank», «O‘zsanoatqurilishbank», «Asaka», «Aloqabank», «Qishloq qurilish bank» va «Turonbank»dagi davlat ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi.
Davlat aksiyalari paketi sotuvga chiqarilishidan oldin bu banklarda transformatsiya jarayoni o‘tkaziladi.

Qayd etish kerak, ushbu 6ta bank sirasidagi «O‘zsanoatqurilishbank» va «Asaka» banklari – kapitali va aktivlari miqdori, kredit va depozit portfellari hajmi bo‘yicha O‘zbekistondagi ikkinchi va uchinchi raqamli banklar sanaladi.

Mamlakatdagi eng yirik bank – «Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy banki», shuningdek, «Agrobank» va «Mikrokreditbank» ustav kapitallarida davlat ulushi saqlab qolinadi.

Bundan maqsad – bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmini («loyihalar fabrikasi») keng joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash.

Shuningdek, ayrim banklar faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy ahvolini baholash asosida, me’yoriy talablaridan hamda qayta tashkil etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq konsolidatsiya qilinadi.

«Poytaxt bank» va «O‘zagroeksportbank»ni qayta tashkil etish rejalashtirilgan.

Prezident farmoni bilan, Moliya vazirligi huzurida vazirlikning tasdiqlangan shtatlar soni doirasida Davlat ulushiga ega tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish bo‘yicha Loyiha ofisi tashkil etiladi va unga quyidagi huquqlar beriladi:

- tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlariga maslahatchi sifatida xalqaro konsultantlarni jalb qilish;
- tijorat banklarini transformatsiya qilish, shuningdek, ulardagi davlat aksiyalari paketini xususiylashtirishga doir masalalarda xalqaro moliya institutlari va salohiyatli xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish.

Loyiha ofisiga Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Omonullo Nasriddinxo‘jayev rahbarlik qiladi.
Markaziy banki va Moliya vazirligiga 2024 yildan kechiktirmay Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki dasturi (FSAP) asosida moliyaviy sektor holatini baholash vazifasi topshirildi.

«Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan banklarning, shu jumladan, kredit portfeli va bank aktivlarini shakllantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish faoliyatiga aralashish taqiqlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning banklar faoliyatiga davlat organlarining ma’muriy aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik qismi ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin», – deyiladi farmonda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 79
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 267
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 139
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 107
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 87
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 60
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 42
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 14
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 19
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 136
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 101
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 103
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 35
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 183
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 222
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 67
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 154
  • Bo‘limlar