“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 06:21
ЎЗO‘Z

YEOII bilan hamkorlik mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nima beradi?

08 мая, 09:20 3 189 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
YEOII bilan hamkorlik mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nima beradi? Har bir siyosiy va iqtisodiy qudratga ega bo‘lgan davlat o‘zining xalqaro o‘rnini yuqorilatishga urinadi — siyosiy va iqtisodiy nufuzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Buni tabiiy hol deb qabul qilish kerak.

Albatta, bugungi shiddatli globallashuv sharoiti dunyo mamlakatlari o‘rtasida yuz berayotgan savdo-iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy tendensiyalari – xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalarini chuqur tadqiq etish lozimligini taqozo etmoqda. Shu o‘rinda milliy iqtisodiyotlar oldida jahon hamjamiyatiga samarali integratsiyalashuvni chuqurlashtirish orqali tashqi iqtisodiy siyosatni doimiy takomillashtirib borish vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda ham hozirda ko‘plab xorijiy va mahalliy ekspertlarning qizg‘in muhokamalariga sabab bo‘layotgan masala bu O‘zbekistonning YEOIIga hamkorlik masalasi hisoblanadi. Fikrimizcha, O‘zbekistonning YEOIIga hamkorlik masalasini tahlil qilish orqali, uni parallel ravishda JSTga a’zolikka qo‘yilayotgan muhim qadami sifatida qarashimiz ham mumkin. Chunki milliy tovar-mahsulotlarimizni YEOII hududi bo‘ylab erkin sota olishimiz imkonining paydo bo‘lishi va yurtimizga a’zo mamlakatlar mahsulotlarining erkin kirib kelishi raqobatbardoshligimizni oshirishga xizmat qiladi.

Bunda monopol deb hisoblanadigan ayrim tarmoqlarning faoliyati ham xavf ostida qolish ehtimoli yo‘q emas. Aslida bizda ham menejment va ishlab chiqarish jarayonlarini sifat jihatdan tubdan o‘zgartirish davri yetib kelgan. Bu kabi omillar o‘z-o‘zidan O‘zbekistonni JSTga a’zo bo‘lishiga ham xizmat qilishiga asos bo‘ladi.

O‘zbekiston YEOII bilan hamkorlik qiladigan bo‘lsa, o‘z qoidalarini ittifoq standartlari bilan muvofiqlashtirib boradi va tadbirkorlarimiz uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi. Buning natijasida, YEOII bozorini ko‘zlagan xorijiy investitsiyalar oqimi yuzaga kelishi mumkin. Zero, shu paytgacha 34 millionlik bozor uchun ishlab kelingan bo‘lsa, YEOIIga kirish natijasida 184 milliondan oshiqroq inson istiqomat qiluvchi bozorga hech qanday bojlarsiz kirish imkoni paydo bo‘ladi. O‘zbekiston bu bozorga o‘zining nisbatan arzon mahsulotlarini eksport qilib, katta miqyosda foyda ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning YEOII bilan hamkorlik qilishi, ittifoqqa a’zo 5 davlat bilan standartlarni birlashtirish orqali chegaralardagi ortiqcha tekshiruv va ulardan kelib chiqadigan vaqt sarfining oldini olishiga hamda eksport qiluvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz mahsulotlarini YEOII hududiga ancha erkin chiqarilishiga erishishi mumkin bo‘ladi.

Ushbu hamkorlik natijasida qo‘shimcha ravishda qiymati 1,6 mlrd. AQSH dollariga teng mahsulotlarni eksport qilish, temir yo‘lda tashish xarajatlarini 220 mln. AQSH dollariga arzonlashtirish hamda mehnat migrantlari daromadlarini 15-20 foizga oshirish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligida bojxona tartiblarini soddalashtirish hisobidan YEOII davlatlariga O‘zbekistondan meva-savzavot mahsulotlarini yetkazib berish hajmi oshadi. Shuningdek, xalqaro tashishlar sohasida ruxsat berish tartiblari soddalashtiriladi, yo‘lovchilarning, yuklar va transport vositalarining erkin harakatlanishi ta’minlanadi.

Natijada mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqargan mahsulotlarini eksport qilishida ko‘plab imkoniyatlar yaratiladi.

Tan olish kerak, O‘zbekistonning YEOII bilan hamkorlik qilishi ayrim xavf-xatarlar yuzaga keltirishi mumkin. Bu haqda so‘z ochilganda, birinchi navbatda, ichki bozordagi xorijiy investorlar himoyasi, a’zo davlatlarning jahon siyosatidagi muammolarining ta’siri, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning jiddiy raqobatga duch kelishi kabi omillarni sanash mumkin.

Shu bilan birga mamlakatimizda mahsulotlari yuqori narxga ega bo‘lgan korxonalar faoliyatiga salbiy ta’sirlar bo‘lishi, ichki bozorda import mahsulotlar hajmi ko‘payishi, ayrim tovarlar bozorida raqobatning ortishi, hozir turlicha bo‘lgan texnik tartibga solish va standartlarni bir xil qilish bilan bog‘liq muammolarning paydo bo‘lishi, tayyor sanoat tovarlarini ishlab chiqarish bo‘yicha tafovutning ortishiga olib kelishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilishining qator ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Ammo uning ijobiy jihatlari ancha ko‘p va salmoqli hisoblanadi. Ittifoq bilan hamkorlik qilish O‘zbekistonning manfaatlariga mos keladi. Hamma gap YEOII bilan hamkorlik qilishda milliy manfaatlarimizning ustunligini ta’minlashda. Ana shunda bu hamkorlik xalqimiz uchun xizmat qiladi va mamlakatimiz iqtisodiyotining yanada o‘sishiga yordam beradi.

Manba: Xalq so‘zi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 106
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 105
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 94
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 159
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 65
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 27
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 155
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 158
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 238
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Bo‘limlar