“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 19:12
ЎЗO‘Z

AQSH razvedkasi koronavirus sun’iy ravishda yaratilmagan deb hisoblamoqda

30 apr, 22:45 2 790 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH razvedkasi koronavirus sun’iy ravishda yaratilmagan deb hisoblamoqda Foto: Dreamstime
15 aprelda Fox News telekanali o‘z manbasiga asoslanib, virus Uhandagi laboratoriyada yaratilgani, u tajribada qatnashgan tadqiqotchilardan biriga yuqish orqali tarqalganini e’lon qilgandi.
Yangi turdagi koronavirus laboratoriyada yaratilmagan va genetik o‘zgartirilmagan. AQSH milliy razvedkasi direktori apparati ana shunday bayonot berdi.

"AQSH razvedka hamjamiyati COVID-19 virusi inson tomonidan yaratilmagan yoki genetik o‘zgartirilmagan degan ilmiy xulosaga qo‘shiladi", - deyiladi unda.
Qayd etilishicha, razvedka kasallik hayvon bilan muloqot natijasida yoki Uhandagi laboratoriyadagi baxtsiz hodisa oqibatida paydo bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘rganishda davom etadi.

15 aprelda Fox News telekanali o‘z manbasiga asoslanib, virus Uhandagi laboratoriyada yaratilgani, u tajribada qatnashgan tadqiqotchilardan biriga yuqish orqali tarqalganini e’lon qildi.

Oldinroq Washington Post ham bu borada maqola e’lon qilgan. Unda yozilishicha, amerikalik diplomatlar 2018 yil Uhandagi laboratoriyaga bir necha marta borgan va u yerda ko‘rshapalaklar ustida xavfli tajribalar o‘tkazilayotganini aniqlashgan. Diplomatlar Vashingtonga Uhandagi laboratoriya xavfli ekanidan ogohlantirib xat yuborishgan.

Rasmiy ma’lumotlarda esa koronavirus tabiiy holatda paydo bo‘lgani aytiladi. Xususan, JSST ham koronavirus odam tomonidan yaratilishi mumkin emasligini ma’lum qilgan.
koronavirus, AQSH razvedkasi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 0
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 0
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 2
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 0
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 20
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Bo‘limlar