“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 18:26
ЎЗO‘Z

Dunyo bo‘yicha eng uzun va eng qisqa ro‘za tutayotgan mamlakatlar

28 apr, 19:50 5 084 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyo bo‘yicha eng uzun va eng qisqa ro‘za tutayotgan mamlakatlar Foto: «CNN»
Mutaxassislar sayyoramiz bo‘yicha eng uzun va eng qisqa ro‘za soatlarini hisoblab chiqdilar.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilgi Ramazon oyida Nuuk (Grenlandiya), Oslo (Norvegiya), Helsinki (Finlandiya) kabi shaharlarda eng uzun ro‘za vaqti qayd etilmoqda. Ushbu shaharlarda istiqomat qiluvchi musulmonlar sutkaning 20 soati davomida ro‘zador bo‘ladilar.

Umuman, Shimoliy hamda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ro‘za vaqti xiyla uzoq davom etishini kuzatish mumkin: Stogholm (Shvetsiya) – 19 soat, London (Buyuk Britaniya) – 18,5 soat, Bryussel (Belgiya) – 18 soat, Parij (Fransiya) – 17 soat.

Qo‘shni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda ham ro‘za vaqti 18,5 soatni tashkil etadi. Islom beshigi bo‘lmish Saudiya Arabistonida esa bu yil ro‘za vaqti 15 soatga to‘g‘ri kelmoqda.

Yer sharining janubiy hududlarida joylashgan Lotin Amerikasi davlatlarida eng qisqa ro‘za soatlari kuzatilmoqda. Masalan, Argentina va Chili mamlakatlarida sutkalik ro‘za vaqti 11,5 soatni tashkil etadi. Avstraliya hamda unga yondosh Yangi Zelandiyada ham shu holatni kuzatish mumkin.

O‘zbekistonda esa bu yil ro‘za tutish vaqti 17 soatdan ko‘proqni tashkil etmoqda.
Ro‘za vaqtini hisoblashda mamlakatning jug‘rofiy joylashuvi va yil fasli hisobga olinadi.

Albatta, Ramazon ro‘zasi soatlari qay bir mamlakatda uzunroq, qay bir o‘lkada qisqaroq bo‘lishi mumkin. Muhimi, islom ulamolari tavsiyasiga ko‘ra, ro‘zador qancha ko‘p mashaqqat cheksa, shuncha ko‘p savobga noyil bo‘ladi. Qolaversa, chin ixlosli mo‘min uchun vaqtning uzun-qisqaligi u qadar ahamiyatga ham ega emas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 19
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • Bo‘limlar