“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 08:39
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston va Turkiya qator sohalarda hukumatlararo kelishuvlarni amalga oshirishni davom ettiradi

27 apr, 09:06 2 024 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston va Turkiya qator sohalarda hukumatlararo kelishuvlarni amalga oshirishni davom ettiradi F.O‘ktay / Foto: Anadolu Agency
O‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar kelishib olindi – ushbu yo‘nalishda Preferensial savdo to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar yanada faollashtiriladi.

Joriy yilning 23 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov telekonferensaloqa orqali Turkiya vitse-prezidenti F.O‘ktay bilan o‘zaro kelishuvlarning amalga oshirilishi, ikki tomonlama ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek pandemiyaning ikki mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar istiqbollari yuzasidan dolzarb masalalarni muhokama qildi.

Suhbat davomida tomonlar oliy darajadagi tashrif doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdagi ko‘rilayotgan choralarga to‘xtalib o‘tdilar. O‘zbekistonda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha alohida hukumat qarori qabul qilingan hamda tashrif doirasida kelishilgan tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Turkiya hukumati tomonidan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.

Amalga oshirilishi boshlab yuborilgan investitsion tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha o‘zaro faol hamkorlik davom ettiriladi. Shu nuqtai nazardan, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashishi bilan kelishilgan loyihalarni amalga oshirish maqsadida turk kompaniyalari rahbarlari va soha mutaxassislarining O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar kelishib olindi – ushbu yo‘nalishda Preferensial savdo to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar yanada faollashtiriladi. Ikki tomonlama muzokaralar onlayn-sessiyalar shaklida o‘tkaziladi, epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so‘ng masalalarni batafsil muhokama qilish hamda yaqin orada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi yillik tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadida idoralararo o‘zaro hamkorlik aniq mexanizmlarini ishlab chiqish uchun ikki mamlakat tashqi savdo idoralari rahbarlari darajasida ishchi tashriflar tashkil etiladi.

Muzokara davomida transport sohasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi, turk tomoni o‘z hududi orqali o‘zbek mahsulotlarining uzluksiz va to‘siqsiz tranziti uchun eng qulay sharoitlarni yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishini bildirdi. Shu maqsadda Turkiya chegarasida o‘zbek tovarlarining to‘planishi va kechikishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ikki davlat transport vazirlari darajasida muntazam maslahatlashuvlar mexanizmi ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi doirasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Turk tomoni ushbu tashabbusni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirdi va bu borada zarur texnik va maslahat yordami ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Yaqin orada ikki davlat soha mutaxassislarining o‘zaro hamkorligi onlayn tizimda boshlanadi.
Turkiya, savdo




Mavzuga oid yangiliklar
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 111
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 107
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 95
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 159
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 62
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 88
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar