“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2021, 06:23
ЎЗO‘Z

Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda avvalgi yashash joyidan ro‘yxatdan chiqish tartibi bekor qilinadi

22 apr, 16:56 1 808 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda avvalgi yashash joyidan ro‘yxatdan chiqish tartibi bekor qilinadi 2020 yil 1 sentabrdan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqish tartibi bekor qilinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 21 aprel kuni imzolangan «Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 sentabrdan quyidagi yangiliklar joriy etiladi:

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining muayyan hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tegishincha ushbu hududning boshqa manzilida istiqomat qilsa, turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olinishi shart emas va u pasport tizimi qoidalarini buzgan deb hisoblanmaydi;

– doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish bir kun ichida amalga oshiriladi;

– O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun hisoblanadi;

– O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga ro‘yxatga olish shtampini bosish amaliyoti bekor qilinadi;

– O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etilganda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishda uy-joy egasining roziligi talab etilmaydi;

– tug‘ilgan bolaga Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomani rasmiylashtirish chog‘ida otasi yoki onasining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manziliga idoralararo elektron hamkorlik orqali ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan uni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi joriy qilinadi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqarolarga qarindoshlarini o‘z nomida bo‘lgan turarjoyga ro‘yxatga qo‘yishga ruxsat beriladi 22 apr, 15:07
  • Toshkent shahri va viloyatida ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash muddati 10 kundan 15 kunga uzaytirilmoqda 21 apr, 23:56
  • «Propiska»dan halos bo‘lish bizga nima beradi? 05 apr, 14:14
  • Propiskaga oid yangi loyiha muhokama uchun e’lon qilindi 05 apr, 07:47
  • Propiska qilish tartibi soddalashdi 31 dek, 06:00
  • Muhim xabar! Pasport tizimi va "propiska" masalalari bo‘yicha ​yangilik​lar 13 fev, 17:30
  • So'nggi yangiliklar
  • "Paxtakor" futbolchisi OCHLda porlashi kutilayotgan iste’dodlar qatorida e’tirof etildi 15 apr, 00:00 672
  • Islom Karimovning nevarasi rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqdi (video) 14 apr, 23:35 2 668
  • Mirjalol Qosimov "Al-Hilol"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi 14 apr, 23:09 1 231
  • Piter Xyuistra: "Xatolardan xulosa chiqaramiz" 14 apr, 22:59 1 151
  • Bayden va Putin Ukraina bo‘yicha gaplashishdi 14 apr, 22:37 1 712
  • "Paxtakor" nohaq penalti tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi 14 apr, 22:09 1 928
  • “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi o‘qishga taklif etadi 14 apr, 21:44 1 381
  • O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 14 apr, 21:12 367
  • Poytaxtimiz O‘zbekiston poytaxtiga o‘xshasin-da! 14 apr, 20:44 2 001
  • Yo‘lda qush fojiaga sabab bo‘ldi 14 apr, 20:18 1 590
  • Shifokorlar koronavirusda o‘lim xavfini uch baravar oshiradigan omilni aniqlashdi 14 apr, 19:50 1 885
  • Samarqandda ofitsiant xo‘randadan qasos oldi 14 apr, 19:23 2 239
  • Bo‘limlar