“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 21:34
ЎЗO‘Z

JSST koronavirusning kelib chiqish manbasini ma’lum qildi

21 apr, 20:22 4 741 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
JSST koronavirusning kelib chiqish manbasini ma’lum qildi Foto: REUTERS/Denis Balibouse
2008 yilda tibbiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan fransuz shifokori Lyuk Montane koronavirusning yangi turi Xitoyning Uhan shahridagi laboratoriyada ishlab chiqarilgan degan fikrni aytgandi.

Dunyo bo‘yicha 2,4 milliondan ortiq kishiga yuqqan SARS-CoV-2 koronavirusining kelib chiqishi hayvonga borib taqaladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari ana shunday xulosaga keldi, deb xabar berdi Reuters.

«Mavjud barcha ma’lumotlar virus hayvondan kelib chiqqanini va sun’iy ravishda yaratilmaganini tasdiqlamoqda», — dedi JSST spikeri Fadela Chaib.
Uning aytishicha, infeksiya qanday qilib turlar o‘rtasidagi to‘siqdan o‘tgani va odamlarga yuqqani hozircha noma’lum.

17 aprel kuni AQSH razvedkasi infeksiya Xitoyning Uhan shahridagi laboratoriyada yaratilgani to‘g‘risidagi taxminni tekshirayotgani xabar qilingandi.
Koronavirus yuqtirgan ilk inson Uhandagi virusologiya instituti laboratoriyasida ishlagani haqida Fox News xabar bergandi. Britaniyaning Daily Mail nashri ham ana shu taxminni ilgari surdi.

Shuningdek, 2008 yilda tibbiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan fransuz shifokori Lyuk Montane ham koronavirusning yangi turi Xitoyning Uhan shahridagi laboratoriyada ishlab chiqarilgan degan fikrni aytdi.

Shu bilan birga, Avstraliya hukumati Uhanda koronavirus paydo bo‘lishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishga chaqirdi.
Xitoy koronavirus laboratoriyada yaratilgani to‘g‘risidagi barcha mish-mishlarni rad etdi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Uxandagi virusologlar koronavirusning sun’iy ravishda yaratilgani haqidagi xabarlarga javob qaytardi 20 apr, 09:09
  • Nobel mukofoti sohibi koronavirus laboratoriya sharoitida yaratilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi 19 apr, 14:30
  • AQSH koronavirusning kelib chiqishini aniqlamoqchi 18 apr, 19:05
  • Nobel mukofoti sovrindori: koronavirus laboratoriyada yaratilgan 17 apr, 23:26
  • Britaniya razvedkasi koronavirus qanday paydo bo‘lgani borasida o‘z taxminini e’lon qildi 06 apr, 15:50
  • JSST koronavirusning havo orqali yuqish imkoniyatiga baho berdi 04 apr, 19:45
  • So'nggi yangiliklar
  • Moddalar almashinuvini tezlashtirishning 7 samarali usuli 24 okt, 20:30 0
  • Haqiqatni aytgan faqat Mikael Sekeyra emas 24 okt, 20:00 0
  • Legionerimizning goli jamoasini YECHLga olib chiqish imkonini berdi 24 okt, 18:48 142
  • AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi 24 okt, 18:38 90
  • Superliga. «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Paxtakor»ni taslim etdi 24 okt, 17:27 103
  • Joze Mourino: “Roma” xo‘jayinlari bir uyum axlat qoldirgan! 24 okt, 17:00 214
  • Turkiyada o‘nta davlat elchilari «qora ro‘yxatga» kiritildi 24 okt, 16:30 191
  • Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar 24 okt, 16:23 197
  • “Bizga Rossiya harbiy bazasining o‘zi yetadi” – Sadir Japarov 24 okt, 15:21 264
  • Ichki ishlar vaziri saylovda qancha mahbus qatnashayotganini ma’lum qildi 24 okt, 15:19 191
  • AQSH Tojikistondagi afg‘on uchuvchilarini tezroq olib ketmoqchi 24 okt, 14:30 236
  • AQSHda «eng daxshatli» jinoyatchi qamoqqa olindi 24 okt, 14:12 338
  • Bo‘limlar