“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:44
ЎЗO‘Z

Hafta davomida O‘zbekistonda havo harorati 34 darajagacha ko‘tariladi

20 apr, 16:16 2 320 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hafta davomida O‘zbekistonda havo harorati 34 darajagacha ko‘tariladi Dushanbadan jumagacha janubiy oqim kuchayadi, ya’ni issiq havo respublikamiz hududini qamrab oladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

O‘zbekiston hududining katta qismida havo vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 17-22 daraja atrofida, 20-22 aprelda kunduzi 25-30 daraja, 23-24 aprelda 27-32 daraja, janubda va cho‘l zonasida ayrim joylarda 33-34 daraja issiqqacha ko‘tariladi, bunday haroratlar shu davr uchun xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 6-8 darajaga yuqoridir.

Eslatib o‘tamiz, aprelning shu kunlari uchun maksimal harorat rekordlari 32-34 darajani, janub va cho‘l zonalarida esa 35-37 darajani tashkil qilgan.

Faqat respublikaning shimoliy hududlariga haftaning ikkinchi yarmida Qozog‘iston g‘arbidan nisbatan salqin va kam nam havo oqimi kirishni boshlaydi. 23 aprelda Qoraqalpog‘istonda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat pasayib 24 aprelda kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 206
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar