“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 09:19
ЎЗO‘Z

Ichki ishlar vazirligi karantin davrida mahkumlarning ozodlikka chiqish muddati masalasiga izoh berdi

19 apr, 20:50 3 091 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ichki ishlar vazirligi karantin davrida mahkumlarning ozodlikka chiqish muddati masalasiga izoh berdi «Daryo» nashrining xabar berishicha, AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov karantin sababli mahkumlarning ozodlikka chiqarish muddati kechiktirilmasligini bildirdi.

Jumladan, fuqarolar tomonidan mahbuslarning jazoni o‘tash muddati tugagan bo‘lsa, karantin sababli ozodlikka chiqarish kechiktirilishi, jazo vaqtida mahbus ichki tartib intizomni buzsa yoki qandaydir nizo keltirib chiqarsa, muddati uzaytirilishi xususidagi savolga javob berib o‘tildi.

«Ular mahbus emas, mahkum deyiladi. Ozodlikka chiqarish kechiktirilmaydi. Sudning qarori asosida, jazo muddatini o‘tab bo‘lgan mahkumni ozod etishdan oldin, tibbiyot xodimining tegishli tibbiy ko‘rigidan o‘tkazilib, zaruriy tibbiy sanitar anjomlari bilan ta’minlangach, unga ozod etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etiladi», — deydi Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi.

Shundan so‘ng, mahkumlar doimiy yashash manziliga yetib borishi uchun zaruriy pul mablag‘i bilan ta’minlanishi, karantin davrida, vaziyatdan kelib chiqib, ozod etilgan shaxs yashash hududiga kuzatib qo‘yilishi mumkinligi bildirildi. Ushbu shaxsning yashash joyi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi probatsiya xizmati xodimlariga bu haqda xabar berilishi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 20 aprelga qadar joriy etilgan cheklovchi tadbirlar (karantin) hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib 10 mayga qadar uzaytirilgan.

O‘zbekistonda 24 martdan boshlab koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgan edi. Keyinchalik bu tartib bir necha bor yanada kuchaytirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 382
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 634
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 95
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 0
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 0
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 82
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Bo‘limlar