“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 21:13
ЎЗO‘Z

Karantin qoidalari buzilganda avtomashina jarima maydoniga qo‘yilishi qonuniymi?

19 apr, 16:00 3 183 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin qoidalari buzilganda avtomashina jarima maydoniga qo‘yilishi qonuniymi? Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev karantin qoidalarini buzgan haydovchilarning avtotransport vositalari jarima maydoniga qo‘yilishini noqonuniy deb hisoblamoqda. Adliya vazirligi esa bunday fikrda emas.

Deputat nimadan norozi?
Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali so‘nggi vaqtlarda deputatlarning huquqbuzarliklarga oid holatlar ommaviy axborot vositalarida bo‘rttirib ko‘rsatilayotgani haqidagi e’tirozi orasida karantin qoidalarini buzgan haydovchilarning avtotransport vositalari jarima maydoniga qo‘yilishi noqonuniy ekanligi haqida fikr yuritgan.

«Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasida transport vositalarini ushlab turish asoslari keltirib o‘tilgan bo‘lib, unda ushbu kodeksning 54-moddasi talablari, ya’ni epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun transport vositalarini vaqtincha ushlab turish keltirilmagan. Bundan kelib chiqadiki, joylarda karantinga rioya etmaganlik sababidan avtomobillarni jarima maydonlariga tiqib qo‘yish noqonuniydir. U yerda turgan har bir kun uchun to‘lov ham bor. Negadir bunga ko‘z yumishga harakat qilinyapti. Kodeks bu – qonun. Qaror, topshiriq, buyruqlar qonundan ustunmas», deydi R.Kusherbayev.

Adliya vazirligi nima deydi?
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimi G‘aybullo Primov esa biroz boshqacha fikrda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasida transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra ichki ishlar organlari tomonidan MJtKning 10dan ortiq moddasida nazarda tutilgan 50ga yaqin qoidabuzarliklar bo‘yicha transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin.

Shuningdek, kodeksning mazkur moddasida qonun hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda ham transport vositalarini jarima maydoniga joylashtirish mumkinligi belgilangan.

Ma’lumki, prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 29 yanvardagi F-5537-sonli Farmoyishiga muvofiq koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tashkil etildi. Mazkur komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Komissiyaning 2020 yil 4 apreldagi qarorida yo‘l-patrul xizmati xodimlari karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turishi mumkinligi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun ularni jarima maydonchasiga joylashtirish qonuniy hisoblanadi deb xulosa qilish mumkin», deb hisoblamoqda vazirlik vakili.

Xulosa o‘rnida
Ta’kidlash joizki, Adliya vazirligi mas’ul xodimi o‘z izohida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turishi mumkinligini aytmoqda. Chunki amaliyotda avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqargan shaxslar ham MJtKning 54-moddasi bilan javobgarlikka tortilmoqda.

Deputat esa aynan qanday usulda karantin qoidalari buzilganda avtotransport vositalari jarima maydoniga joylashtirilayotganidan noroziligiga aniqlik kiritmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 1
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 5
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 111
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 91
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 77
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 97
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 1
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 0
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 1
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 5
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 44
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Bo‘limlar