“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2021, 14:42
ЎЗO‘Z

JSST koronavirusning havo orqali yuqish imkoniyatiga baho berdi

04 apr, 19:45 4 046 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
JSST koronavirusning havo orqali yuqish imkoniyatiga baho berdi Foto: Reuters
COVID-19 koronavirusi jonsiz buyumlardan ham yuqishi mumkin, lekin asosan odamdan odamga havo tomchi yo‘li orqali o‘tmoqda. Bu haqda Jenevada o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sohadagi favqulodda holatlar bo‘yicha dasturlar direktori Maykl Rayan ma’lum qildi, deb yozmoqda «RIA Novosti».

«Ayni vaqtda virusning jonsiz buyumlardan ham odamga yuqishi mumkinligi haqida juda ko‘p maqolalar chop etilmoqda. Singapurda koronavirus yuqtirib olishning 6 foizi vafot etgan odamlardan o‘tgani aytilgandi. Bu borada olimlar bilan bahslashmoqchi emasman, biroq boshqa tomondan olib qaraganda 94 foiz holatlarda infeksiya odamdan odamga yuqadi. Shuning uchun epidemiya qo‘zg‘atuvchisi qanday ekaniga e’tibor qaratish lozim. Virusning kasallik alomati bo‘lmagan insonlardan boshqa kishilarga yuqish holatlarining ehtimoli har doim mavjud bo‘lgan. Ammo ushbu holatda biz pandemiya qo‘zg‘atuvchisi aksa urish yoki yo‘tal, shuningdek, beixtiyor atrof-muhitga virus tushirish deb hisoblaymiz», – degan u.

Rayanning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda JSST ekspertlar guruhi sog‘lom odamlar tomonidan niqoblardan foydalanishning samarasiga baho bermoqda. Biroq shifokorlar va tibbiyot xodimlarining jarrohlik hamda maxsus niqoblarda bo‘lishi COVID-19’ga qarshi kurashning asosiy jihati bo‘lib qoladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasining dunyo bo‘ylab tarqalishi pandemiya darajasiga yetganini e’lon qildi. 3 aprel holatiga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni milliondan oshib ketgan, 50 ming nafardan ko‘proq kishi infeksiya oqibatida vafot etgan.



Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizidan ziyodi tuzalib ketdi 24 mar, 14:01
  • Jahonga mashhur murabbiylardan biri koronavirus yuqtirib oldi 24 mar, 07:13
  • “Jip-Tral” chempionatida sportchi jarlikka qulab, vafot etdi (video) 02 apr, 17:50
  • Manushi Chxillar: Hindistonlik “Dunyo go’zali” haqida nimalarni bilamiz? (foto) 20 noya, 15:56
  • Eng keksa mushuk 22 iyun, 15:53
  • Myanmada er ko‘chishi natijasida kamida 30 kishi halok bo‘ldi 22 noya, 11:18
  • So'nggi yangiliklar
  • “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti! 04 dek, 14:04 1
  • O‘zbekistonda sement narxi arzonlashishi kutilmoqda 04 dek, 13:37 52
  • Belarus tez orada G‘arbga qarshi javob sanksiyalari e’lon qiladi 04 dek, 13:07 99
  • Ringda raqiblar, sudda esa hukumat bilan kurashgan, sport tarixidagi eng buyuk shaxs — Muhammad Ali 04 dek, 12:30 144
  • Idish-tovoq yuvadigan gubkadan unumli foydalanishning 11 usuli 04 dek, 12:00 167
  • Saakashvili davlat pulini o‘zlashtirganlik bo‘yicha sud qilinmoqda 04 dek, 11:27 196
  • 5 dekabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi 04 dek, 10:57 224
  • «Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi 04 dek, 10:30 189
  • Moskvada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi 04 dek, 10:15 355
  • Rossiyada shaxsiy avtomobillardan foydalanishda cheklov o‘rnatiladi 04 dek, 10:11 269
  • Hokim qabriston qorovuli bo‘lishga ham tayyorligini aytdi 04 dek, 10:07 299
  • Afg‘onistonda «Tolibon» oliy rahbari ayollar huquqlari to‘g‘risida farmon chiqardi 04 dek, 07:00 416
  • Bo‘limlar