“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 14:31
ЎЗO‘Z

Donald Tramp aholiga niqob taqishni tavsiya qildi, lekin o‘zi bu tavsiyaga amal qilmasligini aytdi

04 apr, 12:49 2 548 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Donald Tramp aholiga niqob taqishni tavsiya qildi, lekin o‘zi bu tavsiyaga amal qilmasligini aytdi Foto: ABC News
AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida koronavirus infeksiyasidan himoyalanish uchun niqob taqish niyatida emasligini ma’lum qildi. Tramp buni mavqeyiga to‘g‘ri kelmasligi bilan izohladi, deb xabar beradi ABC News telekanaliga tayanib Daryo.

«Bu shunchaki tavsiya. O‘zimni yaxshi his qilyapman. Shunchaki bu ishni qilishni istamayman. Kabinetda buyuk ‘Rezolyut’ stoli qarshisida niqob taqqan holda o‘tirib, prezidentlar, bosh vazirlar, diktatorlar, qirol va qirolichalarni qabul qilish… Bilmadim, bu men uchun emas», — deydi Amerika yetakchisi.

Tramp keyinchalik o‘z fikrini o‘zgartirishi mumkinligini ham ta’kidlab o‘tgan. Shuningdek, u koronavirus pandemiyasi tezroq tugashiga umid bildirgan.

Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi koronavirusdan himoyalanish maqsadida tibbiy bo‘lmagan materialdan tikilgan niqoblarni taqishni tavsiya etgan. Tramp ushbu tavsiyaga istalgan odam rioya qilish mumkinligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, tibbiy niqoblardan bemorlar bilan ishlayotgan shifokorlar foydalanishi kerak.

«So‘nggi tadqiqotlardan ma’lumki, kasallik belgilari bo‘lmagan odamlardan virus yuqishi epidemiya tarqalishida katta rol o‘ynamoqda. Shu munosabat bilan Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi sog‘liqni saqlashning qo‘shimcha ixtiyoriy chorasi sifatida yuzni tibbiy bo‘lmagan matolar bilan himoya qilishni tavsiya qilyapti», — deydi Tramp.

Avvalroq Oq uy prezident Tramp koronavirusga qayta test topshirganini ma’lum qilgan edi — unda koronavirus aniqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda koronavirus bilan kasallanganlar soni 277 mingdan oshib ketdi, virus oqibatida vafot etganlar soni 7152 kishiga yetdi. Oq uy ekspertlari koronavirus oqibatida 2,2 million amerikalik vafot etishi mumkinligini taxmin qildi.
Donald Tramp, niqob taqish, tavsiya




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 0
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 231
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 54
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 152
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 59
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 107
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 55
  • Bo‘limlar