“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 08:47
ЎЗO‘Z

Karantin qoidalari eng ko‘p buzilayotgan hududlar ma’lum bo‘ldi

31 mar, 10:59 5 016 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin qoidalari eng ko‘p buzilayotgan hududlar ma’lum bo‘ldi Foto: Interfaks
Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar O‘zbekiston bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 14 968 ta holat aniqlandi.
Ichki ishlar vazirligi hududlar kesimida raqamlarni keltirib o‘tdi.

Toshkent shahrida – 2 621 ta holat
Farg‘ona viloyati – 1 934
Jizzax viloyati – 1 237
Namangan viloyati – 1 167
Samarqand viloyati – 1 558
Toshkent viloyati – 1 311
Surxondaryo viloyati – 995
Andijon viloyati – 900
Qashqadaryo viloyati – 777
Buxoro viloyati – 705
Sirdaryo viloyati – 593
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 559
Xorazm viloyati – 370
Navoiy viloyati – 241

«Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Misol uchun, 30 mart kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Muqanna ko‘chasida yashovchi, 1997 y.t. fuqaro A.A. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurgani aniqlanib, MJtKning 54-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

29 mart kuni soat 11:00larda fuqaro B.R.ga Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, «Abay» mahallasi, Xalqlar do‘stligi ko‘chasida tibbiy niqobsiz karantin qoidalarini buzib va spirtli ichimlik ichib mast holda fuqarolar tinchiligini buzgani uchun MJtKning 183-moddasi, 194-moddasi 2-qismi hamda 54-moddasi 1-qismiga asosan 10 sutka qamoq jazosi berilgan.

30 mart kuni Namangan viloyati, Uychi tumani, «Xizirobod» mahallasida yashovchi 1986 y.t., fuqaro A.Yu. karantinga olingan bo‘lsa-da, karantin joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketgani aniqlanib, MJtKning 54-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

29 mart kuni Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, «Mahallot» mahallasi, Olmazor ko‘chasida yashovchi, Qarshi shahar, «A.Navoiy» mahallasida joylashgan kompyuter o‘yinlari markazi ish boshqaruvchisi 1992 y.t. E.G‘. kompyuter o‘yinlari markazining ish faoliyatini davom ettirgani aniqlanib, MJtKning 54-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Ta’kidlab o‘tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas’uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne’mat bo‘lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart», – deyiladi Ichki ishlar vazirligi axborotida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 382
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 634
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 95
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 81
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 111
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 331
  • Bo‘limlar