“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 20:27
ЎЗO‘Z

Karantin qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy jazo choralarini nazarda tutuvchi qonun imzolandi

26 mar, 19:07 2 931 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy jazo choralarini nazarda tutuvchi qonun imzolandi Foto: zarnews.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunni imzoladi.

Unga ko‘ra, amaldagi jinoyat kodeksi karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatishda ifodalangan yangi 244-5-modda bilan to‘ldirildi.

Endilikda, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish - bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ushbu ma’lumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘i orqali tarqatish - bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, qonunga muvofiq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 54-moddasi tahriri o‘zgartirilgan.

Unga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish - bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tish va davolanish, karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Tuhmat va haqorat qilganlik bo‘yicha jinoiy javobgarlik yengillashtiriladi 12 mar, 08:40
  • Retseptlar yozish bo‘yicha talablarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi 05 mar, 13:44
  • O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritiladi 07 fev, 11:53
  • Jinoyat kodeksidan 2ta modda chiqarib tashlanadi 30 noya, 09:23
  • O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartish kiritiladi 26 avg, 14:55
  • Jinoyat kodeksi yangi modda bilan to‘ldirildi 10 yanv, 15:00
  • So'nggi yangiliklar
  • Legionerimizning goli jamoasini YECHLga olib chiqish imkonini berdi 24 okt, 18:48 142
  • AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi 24 okt, 18:38 90
  • Superliga. «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Paxtakor»ni taslim etdi 24 okt, 17:27 102
  • Joze Mourino: “Roma” xo‘jayinlari bir uyum axlat qoldirgan! 24 okt, 17:00 213
  • Turkiyada o‘nta davlat elchilari «qora ro‘yxatga» kiritildi 24 okt, 16:30 190
  • Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar 24 okt, 16:23 195
  • “Bizga Rossiya harbiy bazasining o‘zi yetadi” – Sadir Japarov 24 okt, 15:21 263
  • Ichki ishlar vaziri saylovda qancha mahbus qatnashayotganini ma’lum qildi 24 okt, 15:19 191
  • AQSH Tojikistondagi afg‘on uchuvchilarini tezroq olib ketmoqchi 24 okt, 14:30 234
  • AQSHda «eng daxshatli» jinoyatchi qamoqqa olindi 24 okt, 14:12 338
  • Rossiyadan Italiyaga borgan futbolchilar ortga qaytadi! Shomurodovchi? 24 okt, 13:08 473
  • Shomurodov "Napoli"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydimi? 24 okt, 12:46 377
  • Bo‘limlar