“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 22:32
ЎЗO‘Z

Koronavirus bilan og‘riganlarning 13 nafarida zotiljam paydo bo‘lgan

26 mar, 17:30 4 559 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus bilan og‘riganlarning 13 nafarida zotiljam paydo bo‘lgan Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus tashxisi bilan davolanayotgan bemorlarning ayni vaqtdagi holati haqida ma’lumot berdi.

«Koronavirus bilan og‘riganlarning barchasi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida davolanmoqda. Ularning salomatlik bo‘yicha ko‘rsatkichlari doimiy nazoratga olingan.

Hozirgi paytda jami 60 nafar bemorning 13 nafarida koronavirus infeksiyasi tufayli yuzaga kelgan pnevmoniya (zotiljam — o‘pka yallig‘lanishi)belgilari paydo bo‘lgan, tashxis rentgen tekshiruvi yordamida tasdiqlangan. Mana shu bemorlardan 4 nafarining ahvoli davolovchi mutaxassislar tomonidan og‘ir deb baholanmoqda. Ammo unutmasligimiz kerakki, tibbiyotda og‘ir va o‘ta og‘ir holat keskin farq qiladi
», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Mutaxassis buyrak transplantatsiyasi qilingan bemorlarning koronavirusga chalinish ehtimoli qay darajada bo‘lishi to‘g‘risidagi savolga ham javob qaytardi.

«Nafaqat buyrak transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan shaxslar, balki boshqa surunkali somatik kasalliklarga chalingan aholi ham xavfli guruhga kiradi. Demak, biz ularni kasallanib qolishdan himoya qilishimiz kerak. Har qanday holatda ham kasallikka erta tashxis qo‘yilib, asoratlar yuzaga kelmasdan turib davolash muolajalari boshlansa, jiddiy asoratlarsiz davolab yuborish imkoniyati saqlanib qoladi va mavjud», dedi u AOKAda tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifing chog‘ida.

Nurmat Otabekov kasallikning onadan homilaga o‘tishi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmaganini bildirgan.
«Mavjud tibbiyot adabiyotlarda koronavirus infeksiyasini onadan homilaga o‘tganini tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q», dedi u.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Koronavirusga chalingan bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda 25 mar, 11:23
  • Koronavirus bilan qayta kasallanish ehtimoli yo‘q emas – Nurmat Otabekov 24 mar, 18:57
  • Bemorlarning 5 nafari tuzalmoqda - Bahrom Almatov 24 mar, 13:36
  • Koronavirusga chalingan fuqarolar holati haqida xabar berildi 22 mar, 11:06
  • Koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlarning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berildi 20 mar, 16:38
  • Koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli haqida xabar berildi 16 mar, 12:53
  • So'nggi yangiliklar
  • Jizzaxda MIB tomonidan davlat budjetiga 1.4 mlrd. so‘m undirildi 12 мая, 22:22 0
  • Olimlar koronavirusning jinsiy quvvatga ta’sirini o‘rganishdi 12 мая, 21:53 14
  • JCH-2022. Milliy terma jamoamiz qaysi stadionda va soat nechchida o‘ynashi ma’lum 12 мая, 21:30 77
  • "Navbahor" o‘z maydonidagi ilk g‘alabani "Surxon" ustidan qo‘lga kiritdi 12 мая, 21:14 120
  • Yirik hisobda g‘alaba qozongan "Paxtakor" peshqadamlikni qo‘lga oldi 12 мая, 21:04 145
  • Muborak arafa kunlari ota farzandi uchun 7 oylik aliment pullarini to‘ladi 12 мая, 20:47 103
  • Hokimlikdan tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirib berildi 12 мая, 20:25 138
  • Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi 12 мая, 19:56 184
  • Karamning qanday foydali xususiyatlari bor? 12 мая, 19:18 150
  • Toshkentda singlisini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yollagan ayolga sud hukmi o‘qildi 12 мая, 18:36 426
  • Ronalduning agenti uning xizmatlarini APL klubiga taklif qilmoqda 12 мая, 18:00 325
  • «Sputnik V» qachondan oddiy aholiga qo‘llanilishi ma’lum qilindi 12 мая, 17:11 403
  • Bo‘limlar