“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 18:03
ЎЗO‘Z

Yurakka nima foyda, nima zarar?

24 mar, 14:23 4 947 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yurakka nima foyda, nima zarar? Foto: «Zen.yandex.com»
Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishda taomnomaga nafaqat mazkur tizim uchun foydali yeguliklarni kiritish, balki zararli mahsulotlarni chiqarib tashlash ham muhim, deya «La Vanguardia» ispan gazetasida yozadi kardiolog Pablo Kanepa.

Yurak uchun, ayniqsa, qizil go‘sht xavfli. Bu mahsulot tarkibida to‘yingan yog‘lar ko‘p bo‘lib, uni iste’mol qilishni cheklash, uning o‘rniga mono- va yarim to‘yingan yog‘larni tanlagan ma’qul. Yong‘oq, zaytun yog‘i, kungaboqar pistasi, avokado, baliqning ayrim turlari ularning manbai hisoblanadi. Kardiolog taomnomaga go‘shtning parhezbop turlari, masalan, tovuq go‘shtini kiritishni maslahat beradi.

Bundan tashqari, nonushtaga yorma va pishiriqlarni, shuningdek, yarim tayyor mahsulotlarni — tayyor va muzlatilgan pirog, pitssa, pastalarni yemaslik zarur. Bunday taom transyog‘larga boy bo‘lib, «yomon» xolesterin darajasini oshiradi, vazn to‘plashga olib keladi va yurak-qon tomir kasalliklari hamda ikkinchi tip diabet xavfini oshiradi.

Kanepa alkogolsiz energetik ichimliklarni iste’mol qilishni tavsiya etmaydi — ularning tarkibida kofeindan tashqari qand va zararli qo‘shimchalar bisyor. Energetiklar nerv tizimiga to‘lqinlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘z navbatida yurak mushagi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Kardiolog yuqori qon bosimi bilan bog‘liq xavf-xatarlarning oldini olish uchun tuz iste’molini cheklashni ta’kidlagan. U Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, kunlik tuz me’yori ikki grammdan oshmasligi zarurligini yodga soladi. Amerika kardiologiya assotsiatsiyasi bu me’yorni 1,5 grammgacha qisqartirishni maslahat beradi. Kanepaning aytishicha, tayyor taomda 1 grammgacha tuz bo‘ladi, shu bois kunlik dozani oshirib yuborish juda oson.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, alkogoldan ham bosh tortish kerak. Chunki u yurak to‘xtab qolishi, miokard infarkti, shuningdek, miya shikastlanishi xavfini oshiradi.

Shuningdek, qaymoq va sariyog‘ iste’molini cheklash foydadan xoli bo‘lmaydi, deydi kardiolog.

Kanepaning ta’kidlashicha, yurak-qon tomir tizimini nazorat qilayotgan odamlar, yaxshisi, go‘sht iste’moli cheklangan, meva-sabzavotlar, yong‘oq, dukkaklilar, baliq va zaytun yog‘iga boy O‘rta Yer dengizi parhezini tanlaganlari ma’qul. Shuningdek, har kuni 45 daqiqa jismoniy faollikka vaqt ajratish va zararlarni odatlarni tashlash muhim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 119
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 89
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 208
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 322
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 167
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 285
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 1
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 57
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 36
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 176
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 46
  • Bo‘limlar