“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 21:27
ЎЗO‘Z

Koronavirus: Qanday vaksina va tahlillar sinab ko‘rilmoqda?

22 mar, 15:03 4 020 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus: Qanday vaksina va tahlillar sinab ko‘rilmoqda? GETTY IMAGES
Turli mamlakatlardagi tibbiyot xodimlari Covid-19 vaksinasi va yangi sinov muolajalari ustida ishlamoqda. Vaksinalar kimlarda sinalmoqda va yaqin kelajakda ommaviy taqdim etiluvchi dori-darmonlardan umid qilsa bo‘ladimi?

Mart oyi o‘rtalarida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vaksinaning 41 «nomzodi»ni ro‘yxatga oldi.
Nomzod vaksinalarini ishlab chiquvchilar orasida yirik global farmatsevtika holdinglari va taniqli universitetlar mavjud — Angliyadagi Oksford universiteti, Fransiyaning Paster instituti shular jumlasidan.

O‘tgan hafta davomida ularning ba’zilari odamlarda klinik sinovlar boshlanganini e’lon qilishdi. Qaysi mamlakatlarda qanday vaksinalar sinovdan o‘tkazilmoqda?

Rivojlanishdagi vaksinalar
Shu kunlarda AQSHning bir qator shaharlarida koronavirusga qarshi vaksinani ko‘ngillilarda klinik sinovdan o‘tkazish boshlandi.
San-Diyegodagi Inovio tadqiqot markazining BBC’ga xabar berishicha, u yerdagi sinovlar bir necha oy davom etadi, ammo ular to‘liq muvaffaqiyatli kechganda ham ommaviy mavjud bo‘ladigan vaksina keyingi yil o‘rtalarigacha tayyor bo‘ladi deb hisoblash mumkin.

Juma kuni Rossiyada «Rospotrebnadzor» Covid-19’ga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlanganini e’lon qildi. Matbuot xizmati hisobotida vaksinani 2020 yilning to‘rtinchi choragida joriy etish to‘g‘risida aytib o‘tilgan. RBK nashrining xabar berishicha, preparat dastlab jonivorlarda sinovdan o‘tkaziladi.

Avvalroq Bostondagi ikki kasalxonada potensial vaksina inson organizmida sinovdan o‘tkazilishi e’lon qilingan edi. Massachusets markaziy kasalxonasi dasturida uch nafar ko‘ngilli ishtirok etmoqda, ammo ba’zilariga platsebo (rangi, hidi, ta’mi va shakli doriga o‘xshash ammo ta’sir xususiyatiga ega bo‘lmagan moddalar) beriladi.

Sietldagi Kaiser Permanente tadqiqot markazining mutaxassislari to‘rt nafar ko‘ngillilarni eksperimental dozada emlashdi, deb xabar beradi Associated Press 17 mart kuni.

Qozon federal universitetida ham vaksina ustida ish olib borilmoqda / GETTY IMAGES
Xitoyning CanSino Biologics kompaniyasi seshanba kuni o‘zining Ad5-nCoV nomi ostidagi vaksinasi klinik sinovlarning birinchi bosqichida muvaffaqiyatli tasdiqlanganini e’lon qildi. Vaksinada virusning genetik kodi parchasi mavjud, deb xabar beradi Newsweek.

Tahlil jarayonlari
Koronavirus tahlili usullarini optimallashtirish epidemiyaga qarshi kurashning muhim qismidir. Yevropaning ba’zi mamlakatlari va AQSHda test to‘plamlari yetishmasligini kuzatildi.

Shu hafta Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Britaniyada kuniga 25 ming odam tahlildan o‘tkazilishini va’da qildi. Ammo chorshanba kuni Britaniya terapevtlari uyushmasi raisi Martin Marshall Britaniyada Covid-19 testlari defitsitiga duch kelinganini tan oldi.

Yevropaning eng ko‘p avj olgan mintaqalaridan biri, Italiyaning shimoliy qismi ham to‘plamlar yetishmasligidan shikoyat qilmoqda.

Virus tahlillari o‘tkazishning yangi usullari ham ishlab chiqilmoqda. Payshanba kuni yangi usulning birinchi muvaffaqiyatli sinovi haqida Isroil olimlari jamoasi xabar berishdi. Izlanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu molekular sinov usuli bir vaqtning o‘zida bir nechta namunalarni tahlildan o‘tkazishga qodir.

Yevropa va AQSHda birdaniga bir necha kompaniyalar shu hafta uyda o‘tkaziluvchi tezkor test to‘plamlarini ishlab chiqarishdi. Biroq, Amerikada litsenziyalash bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi. Hozirda hech bir to‘plam AQSH sanitariya nazorati idorasi tomonidan litsenziyalanmagan.

Buyuk Britaniya bosh vaziri, shuningdek, koronavirusga qarshi tanada ishlab chiqariladigan antitelani aniqlovchi testlarni sotib olishga va’da berdi. Ushbu testlardan, homiladorlik testlari singari, insonlar mustaqil foydalanishadi va o‘zlarida Covid-19 mavjudligi yoki allaqachon u bilan kasallanishgani shubhasini oydinlashtirishadi.

Koreyada Covid-19’ni 10 daqiqada aniqlash testi ishlab chiqildi va ayni vaqtda ishlab chiqarish boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ular haftasiga 300 mingta test to‘plamlarini eksport qilishni rejalashtirishgan.

Korea finished developing the 10 minute Covid-19 diagnostic kit and is now ramping up production. They plan to export 300.000 test-kits per week - pic.twitter.com/DpJCph9RT7

— Florian Witulski (@vaitor) March 21, 2020

Bu juda ahamiyatli, chunki ko‘p odamlar ushbu kasallikni alomatlarsiz o‘tkazib, tashuvchi sifatida virusni olib yurishadi. Ilgari u bilan kasallanib, tuzalish jarayonida immunitetga ega bo‘lgan odamlar boshqalarga yuqtirish xavfisiz normal hayot tarziga qaytishlari mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 0
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 1
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 62
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 87
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 79
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 51
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 1
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 0
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 1
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 5
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 44
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Bo‘limlar