“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 15:10
ЎЗO‘Z

O‘g‘il farzand tug‘ilishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

21 mar, 11:16 39 616 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘g‘il farzand tug‘ilishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak? O‘g‘il tug‘ish uchun oldindan biron narsa qilsa bo‘ladimi? Nega ba’zi ayollar farzand jinsini rejalay oladilar? Buning siri bormi?
Albatta bu savollarning javobi oddiy, o‘g‘il yoki qiz tug‘ilishi Allohdan.

Lekin hozirgi zamon tabbiyot va umuman ilm-fanning rivojlanishi, farzand jinsini rejalashtirish imkonlarini topib bergan. Ya’ni sun’iy urug‘lanish orqali bemalol ba’zi mamlakatlarda farzand jinsini rejalashtirish mumkin. Lekin bunday rejalashtirishga har kimda imkon bo‘lmaydi, undan tashqari odatda bunday choralar onadan ma’lum bir jinsdagi homilaga o‘tadigan genetik kasalliklarni oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.

Lekin uy sharoitida ham o‘g‘il tug‘ilishi, umuman farzand jinsini rejalashtirish imkoni mavjud. Ularning natijasi 100% kafolat bermagani bilan, o‘g‘il tug‘ilishi imkonini oshirib beradi.

Quyidagi o‘g‘il tug‘ish sirlari ilmiy tadqiqotlarga asoslangan bo‘lib, ularni qo‘llash onaga ham bo‘lajak farzandga ham zarar keltirmaydi.

1. Ovulyatsiya usuli yordamida o‘g‘il tug‘ish usulini qo‘llab jinsiy aloqani ovulyatsiya kunida yoki undan 1 kun o‘tgach amalga oshirish lozim.

2. Erkak jinsiy aloqadan oldin bir necha kun davomida jinsiy och bo‘lishi muhim. Jinsiy ochlik har bir erkakda har xil namoyon bo‘ladi. Ba’zilarga buning uchun 10 kun kerak bo‘lsa, ba’zilarda bir necha kunda ochlik yuzaga chiqadi.

3. Jinsiy aloqadan oldin erkak achchiq kofe ichib olishi lozim.

4. Ayol jinsiy aloqa davomida yetarlicha ehtiroslangan, ya’ni jinsiy a’zolari keskin namlangan bo‘lishi muhim. Bu muhit o‘g‘il tug‘ilishiga javobgar Y-spermatozoidlari uchun kerak.

5. O‘g‘il tug‘ishni rejalashtirayotgan ayollar kamida 6 oy davomida sprinsevaniye (jinsiy a’zolarni maxsus suv bilan purkab yuvish) amaliyotini qo‘llamasliklari lozim.

6. O‘g‘il rejalashtirayotgan juftliklar kamida 6 oy davomida banan va pomidor ko‘p iste’mol qilishlari kerak.

7. O‘g‘il tug‘ishni rejalashtirayotgan juftliklar limon va shirinliklardan kamroq yeyishlari kerak.

8. Tongda jinsiy aloqa o‘g‘il homila bo‘lishi ehtimolini oshiradi.

9. Rejalashtirayotgan juftliklar kamida 3 oy davomida foliya kislotasini(shifokor tavsiya qilgan dozada) ichib yurishlari lozim.

10. Erkak kishi oxirgi 3-6 oyda qazi va ot go‘shtidan qilingan taomlardan organizmiga zarar yetmaydigan darajada, haftasiga 1 martagacha iste’mol qilib yurishi lozim.

Ushbu qoidalar o‘g‘il tug‘ilishini 100% ta’minlab bera olmaydi. Lekin jinsiy aloqa kuni aynan Y-spermatozoidlar ayol tuxumini urug‘lantirishi imkonini oshirib beradi.

Manba: uzbaby.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 35
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 74
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 204
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 318
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 164
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 282
  • So'nggi yangiliklar
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 0
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 0
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 35
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 71
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 88
  • Bo‘limlar