“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2021, 08:41
ЎЗO‘Z

Avstraliyalik olimlar immun tizimi koronavirusga qarshi qanday kurashishini aniqlashdi

18 mar, 20:30 3 414 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avstraliyalik olimlar immun tizimi koronavirusga qarshi qanday kurashishini aniqlashdi Foto: EPA
Avstraliyalik olimlar inson immun tizimining koronavirusga qarshi qanday kurashishini aniqlashga erishganliklarini bildirishdi.
Olimlar o‘tkazgan tadqiqotlarning seshanba kuni Nature Medicine jurnalida e’lon qilingan natijalari shuni ko‘rsatadiki, yangi virusli infeksiyani bartaraf etish mexanizmi odatiy grippga qarshi kurashdan deyarli farq qilmaydi.

Bu shuni anglatadiki, o‘rganishlar koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqishda yordam beradi.
Bugunga kelib dunyo bo‘ylab 160dan ortiq davlatda 190 mingdan ortiq infeksiya holati tasdiqlangan; koronavirus 7,5 ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

«Ushbu kashfiyot juda muhim, chunki biz birinchi navbatda immunitet tizimimiz yangi koronavirus bilan qanday kurashishini juda yaxshi angladik», deydi tadqiqotning hammuallifi, professor Ketrin Kedzirska.
Melburn shahridagi Piter Doerti infeksiyalar va immunitet institutida o‘tkazilgan tadqiqotni ko‘plab mutaxassislar yuqori baholashdi.

Olimlar nimani kashf etishdi?
Covid-19 virusini yuqtirgan odamlarning aksariyati sog‘ayib ketishi inson immuniteti virusga samarali qarshi tura olishini tasdiqlamoqda.
Ammo bu kurash aynan qanday amalga oshadi? Ushbu jangda ishtirok etuvchi to‘rt xil immunitet hujayralarini aniqlagan avstraliyalik olimlar bu savolga javob topishdi.
Tadqiqotlarda koronavirus keltirib chiqargan zotiljam yengil shaklda kechayotgan va avvallari hech qachon sog‘lig‘idan shikoyat qilmagan ko‘ngillilar ishtirok etdi.

Shunday qilib, Avstraliyadagi kasalxonalardan biriga keyinchalik 14 kun ichida sog‘ayib ketgan uxanlik 47 yoshli ayol yotqiziladi.
Professor Kedzirskaning BBC nashriga bergan intervyusida tushuntirishicha, tadqiqotchilar «ushbu bemor immun tizimining reaksiyasini to‘liq o‘rganib chiqishgan».

Ayol tiklanishidan uch kun oldin, uning qonida o‘ziga xos hujayralar paydo bo‘ldi. Kedzirskaning so‘zlariga ko‘ra, odatiy gripp bilan og‘riganlarning qonida ham tiklanishdan biroz avval taxminan ayni shu vaqtda ayni shu hujayralar paydo bo‘ladi.

«Biz bu natijalardan va infeksiyalangan bemorlarda klinik sog‘ayish arafasidagi immunitet hujayralari paydo bo‘lishini aniqlay olganimizdan juda mamnun bo‘ldik», dedi professor Kedzirska va o‘nlab olimlar ushbu natijalarga erishish uchun to‘rt hafta davomida tun-u kun tahlillar o‘tkazishganini qo‘shimcha qildi.

Bu koronavirusga qarshi kurashda qanday yordam berishi mumkin?
«Immunitet hujayralari qaysi nuqtada paydo bo‘lishini bilsangiz, bemor davolanishning qaysi bosqichida ekanligini aniqlash mumkin bo‘ladi», deya tushuntiradi Suinbern Texnologiya universiteti dekani, professor Bryus Tompson.

Avstraliya sog‘liqni saqlash vaziri Greg Hant, o‘z navbatida, olimlarning bu kashfiyoti infeksiyaga qarshi vaksina va potensial dorilarni ishlab chiqishni tezlashtirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ketrin Kedzirska esa allaqachon yangi vazifani belgilagan: immun tizimi eng og‘ir holatlarda nima uchun kasallik manbasiga kam javob qaytarayotganini aniqlash.

«Bu virusdan vafot etgan yoki o‘ta og‘ir shaklda kasal bo‘lganlar boshqalardan qanday farq qilishini tushunish uchun yechim bo‘ladi va shu orqali ularni qanday saqlab qolishni o‘rganishimiz mumkin», deydi professor Kedzirska.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Koronavirusga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazila boshlangani ma’lum qilindi 18 mar, 23:11
  • Niderland olimlari koronavirusga antiorganizm topdilar 16 mar, 14:14
  • Koronavirusni davosi topildimi? Korona vaktsinasining so'nggi daqiqalardagi tavsifi 13 mar, 17:10
  • Olimlar o‘ziga koronavirus yuqtirishga tayyor bo‘lganlarni qidirishmoqda 12 mar, 13:50
  • Koronavirus tarqalishi sur’ati havo haroratiga bog‘liqligi aniqlandi 10 mar, 21:53
  • Koronavirus: Vaksina qachon paydo bo‘ladi? 08 mar, 11:17
  • So'nggi yangiliklar
  • BAAda avtomobil raqami 10 mln dollardan qimmatroqqa sotildi 06 мая, 08:00 1
  • Davron Fayziyev: Ikki munosib jamoaning to‘qnashuvi va aristokratcha yakun 06 мая, 04:22 483
  • Zidan: "Chelsi" munosib g‘alabaga erishdi. Biz shundoq ham ancha uzoqqa bordik, yigitlarim bilan faxrlanaman" 06 мая, 04:11 425
  • ECHL. "Chelsi"ga "Real"ning kuchi yetmadi — bizni inglizcha final kutmoqda 06 мая, 02:40 707
  • O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i importi QQSdan ozod qilinganidan so‘ng qariyb ikki baravar oshdi 06 мая, 00:16 1 444
  • Bojxonachilar qonunbuzarlikka chek qo‘yishdi 05 мая, 23:55 744
  • Qonunchilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi qonunni qabul qildi 05 мая, 23:30 886
  • Bojxonachilar 550 mln. so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini to‘xtatib qolishdi 05 мая, 23:03 813
  • Haydovchilar uch xil hujjatni ko‘rsatish majburiyatidan ozod bo‘ladi 05 мая, 22:44 1 560
  • Qing‘ir reja amalga oshmadi 05 мая, 22:22 1 056
  • Soliq organlari xodimlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga qabul qilishi tartibi bekor qilinadi 05 мая, 21:52 1 566
  • Fransiyada er ko‘chaning o‘rtasida xotinini tiriklayin yoqib yubordi 05 мая, 21:33 1 838
  • Bo‘limlar