“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:52
ЎЗO‘Z

Er-xotin o‘rtasida bo‘lingan pullar undirib berildi

18 mar, 09:59 2 938 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Er-xotin o‘rtasida bo‘lingan pullar undirib berildi Majburiy ijro byurosiga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Soha xodimlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda turli xil mazmundagi ijro hujjatlariga duch kelishi, tabiiy. Misol uchun, aliment, soliq qarzlari, ma’muriy va jinoiy jarimalarni undirish va hokazo.

Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ana shunday sud hujjatlarinining biri esa er-xotin o‘rtasida birgalikda olingan umumiy mulkning ajratilgan qismini undirish haqida edi.

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon tumanida yashovchi fuqaro Boxodirjon Abdulxayev va Gulnozaxon Abdulxayevalar o‘rtasidagi nikoh 2011 yilda rasman bekor bo‘lgan. Shundan so‘ng, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 27.01.2011 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Boxodirjon Abdulxayevdan undiruvchi Gulnozaxon Abdulxayeva foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari, tushuntirish ishlari natijasida qarzdor B.Abdulxayev tomonidan undiruvchi G.Abdulxayevaga 2020 yil 1 noyabrga qadar bo‘lgan 12 mln. so‘m miqdoridagi aliment pullari undirilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga, Byuroning Andijon tuman bo‘limi ish yurituviga 30.01.2020 yil kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining “Er-xotin o‘rtasida birgalikda olingan umumiy mulkdan o‘ziga tegishli qismini ajratib berish haqida”gi da’vo arizasi bo‘yicha javobgar B.Abdulxayevdan da’vogar G.Abdulxayevaga 70 mln. 285 ming so‘m undirish belgilangan ijro hujjati kelib tushgan. Bo‘lim xodimlari ushbu sud hujjatining ijrosini ijobiy yakunlab, er-xotin o‘rtasida olingan umumiy mulkning bo‘lingan 70 mln. 285 ming so‘m qismi G.Abdulxayevaga undirib berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 51
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 109
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 53
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar