“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 07:08
ЎЗO‘Z

Xitoy rasmiysi: Koronavirus AQSH harbiylari tomonidan atayin tarqatilgan

17 mar, 14:21 7 691 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoy rasmiysi: Koronavirus AQSH harbiylari tomonidan atayin tarqatilgan Foto: «AP».Xitoy TIV rasmiy vakili Chjao Litszyan.
Xitoyda koronavirus AQSH harbiylari tomonidan atayin tarqatilgan degan faraz keng muhokama etilmoqda. Ushbu iddao dastavval Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan tomonidan ilgari surildi.

Diplomat ushbu infeksiya Xitoyning Uxan shahriga AQSH harbiylari tomonidan keltirilgani ehtimoliga urg‘u berib, bu borada rasmiy Vashingtondan izoh talab qildi.

Bu o‘rinda Xitoy TIV vakili 2019 yil oktabr oyida Uxan shahrida tashkil etilgan Butunjahon harbiy o‘yinlarini nazarda tutmoqda. Ushbu musobaqalarda AQSH mudofaa vazirligining 280 dan ziyod sportchilari ham qatnashgan.

Diplomatning diplomatiya qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan ushbu da’vosi Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida go‘yo qanot bog‘lab uchdi vaa shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. AQSH Davlat departamenti Xitoy elchisini suhbatga chaqirib, mas’uliyatsizlarcha berilgan bayonot borasida izoh talab qildi.

Pekinda o‘tadigan haftalik matbuot anjumanida vazirlikning boshqa bir vakili Gen Shuan ham AQSHni Xitoyni obro‘sizlantirishda aybladi.
Xitoy hukumatiga qarashli Global Times gazetasi esa kuni kecha virus Pentagon tomonidan tarqatilgani haqidagi fitna nazariyasini «isbotlash»ga urindi.

Tabiiyki, Xitoylik diplomat tomonidan ilgari surilgan «nazariya» shunchaki populistik bayonot deb baholanmoqda. «Kommersant» sharhlovchisi Sergey Strokanga ko‘ra, bu «qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar» qabilidagi bir urinish, xolos.

Geosiyosiy muammolar akademiyasi prezidenti Konstantin Sivkov ham ushbu farazni haqiqatdan butkul yiroq deb hisoblaydi. «Agar virusni AQSH Xitoyga diversiya maqsadida ishlab chiqqan bo‘lsa, nega o‘z hududiga tarqalishiga yo‘l qo‘ydi?» deya mantiqli savol beradi K.Sivkov.

Rasmiy Pekinning Vashingtonga qarshi bayonotlarini «tushunish» mumkin. Gap shundaki, AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoy rahbariyatini koronavirus tarqalishi haqidagi axborotni yashirishga urinishda aybladi. M.Pompeoga ko‘ra, rasmiy Pekin vaziyatni avval-boshda ochiq tan olib, epidemiya haqida bor haqiqatni oshkor etganida edi, dunyo hamjamiyati qimmatli vaqtni boy bermagan bo‘lar edi.

Uxanda noma’lum xastalik 2019 yil dekabr (ayrim manbalarga ko‘ra, noyabr) oyida qayd etilgan. Xitoy rasmiylari esa yangi epidemiya haqida 2020 yil 20 yanvarda ma’lum qilgan. Fevral oyi o‘rtalariga qadar ushbu virus asosan Xitoy bo‘ylab yoyilgan. Keyin esa u vabo kabi butun dunyoga tarqaldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yil 11 mart kuni koronavirus tarqalishi hodisasini pandemiya deya e’lon qildi. Ushbu xastalik hozirga qadar 155 mamlakatga kirib bordi.

Sobir Salim




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 2
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 159
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 161
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 91
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 265
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 626
  • So'nggi yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 0
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 2
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 188
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 91
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 39
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 159
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 161
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 223
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 91
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 265
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 320
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 397
  • Bo‘limlar