“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2021, 10:47
ЎЗO‘Z

“O‘zim xon — ko‘lankam maydon” qabilida ish tutgan 19 nafar “Damas" haydovchisi ma’muriy qamoqqa olindi

12 mar, 20:30 2 433 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“O‘zim xon — ko‘lankam maydon” qabilida ish tutgan 19 nafar “Damas" haydovchisi ma’muriy qamoqqa olindi O‘z haqimizni talab qilishdan oldin “O‘zgalar huquqini poymol qilmayapmanmi?”, - degan savol berishimiz kerak. Bizga foyda keltirgan ish boshqalarga ziyon keltirishi mumkinligini unutmasligimiz kerak.

Marg‘ilon shahar markazidagi B.Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan savdo majmuasi ro‘parasida Marg‘ilon — Farg‘ona shaharlari hamda Qirguli mavzesi yo‘nalishlarida kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi “Damas” rusumli avtomashina haydovchilari ushbu ko‘chadagi piyodalar o‘tish yo‘lakchasi oldiga hamda yo‘lning qatnov qismiga betartib turib olib, piyodalar va haydovchilarning harakatiga xalaqit berayotganligi sababli viloyat IIB YHXB xodimlari mazkur tartibsizlikni bartaraf qilish maqsadida yetib kelishadi.

Ammo “Damas” haydovchilari YPX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, fuqarolar osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etishgan.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Bir guruh haydovchilar o‘zlarining noqonuniy xatti-harakatlari bilan nima qilishmoqchi bo‘ldi?
“O‘zim xon — ko‘lankam maydon” qabilida ish tutgan “Damaschilar”ni qanday tushunish mumkin?

Axir, mana shunday tartibsiz harakatlar oqibatida piyoda yoki haydovchilar ishtirokida yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lyapti-ku.
Aytish joizki “tirikchilik” yoxud boshqa omillarni vaj qilib, qoidabuzarlik qilishga hech kimning haqqi yo‘q.

Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan jami 19 nafar huquqbuzar “Damas” haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194 va 195-moddalari bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Marg‘ilon shahar Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudining qarori bilan 6 nafariga 15 sutka, 8 nafariga 10 sutka, 5 nafariga 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi. Huquqbuzarlar qilmishiga yarasha jazo oldi.

"Hurmatli fuqarolar!
Agarda siz ham yuqoridagi kabi tartibsiz “Damas” haydovchilaridan jabrlangan bo‘lsangiz yoki mana shunday holatlar kuzatilayotganligiga guvoh bo‘lsangiz hududiy IIBlarga habar berishingizni so‘rab qolamiz.

Barchamiz mana shu osoyishta jamiyatda yashar ekanmiz, uning tinchligi, farovonligi uchun mas’ulligimizni unutmaylik!
Qolaversa, o‘rnatilgan tartib-qoidalar faqatgina inson manfaati uchun yaratilganligi ham bejiz emas.

Bo‘ysunishni istamaslikning oqibati mana shunday yakun topadi...
Ogoh bo‘ling!
" deyiladi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Farg‘onada YPX inspektorining talabiga bo‘ysunmagan 19 nafar Damas haydovchisi qamaldi 11 mar, 20:25
  • Chilonzorda yo‘lning qatnov qismida raqs tushgan o‘zbekistonlik «Van Damm»ga chora ko‘rildi 09 fev, 10:00
  • YPX xodimiga bo‘ysunmay, uni sudrab ketgan «Damas» haydovchisi ushlandi (video) 23 yanv, 10:51
  • Navoiyda «yonadigan» piyodalar o‘tish joyi sinovdan o‘tkazilmoqda 29 мая, 22:58
  • IIB xodimini 1,7 kilometrga «sudragan» haydovchi qamaldi 17 yanv, 15:30
  • Sag‘bon va Hasanboyda piyodalar halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi 23 okt, 15:31
  • So'nggi yangiliklar
  • 2021 yilgi kunlik antirekord yangilandi — bir kunda 316 kishida kasallik tasdiqlandi 17 apr, 10:25 0
  • Shavkat Mirziyoyev mansabdorlarning ishdan olinishini ularning bilimsizligi bilan izohladi 17 apr, 10:11 0
  • AOKA «Daryo» muxbiri va IIB xodimi o‘rtasidagi voqea yuzasidan bayonot berdi 17 apr, 09:30 0
  • Iroqda ISHIDning xazinasi topildi 17 apr, 08:56 447
  • Qozog‘istonda Su-30 qiruvchi samolyoti falokatga uchradi 17 apr, 08:30 320
  • Yangi Zelandiya chekishni butunlay taqiqlash bo‘yicha muhim qadam qo‘ydi 17 apr, 08:00 308
  • DXX xodimlari Andijonda 100 gektar yerni 128 ming dollarga sotishga uringan hokimiyat xodimini ushladi 17 apr, 07:30 472
  • Xitoy yigit bilan saharlik va iftor qildim... 17 apr, 00:48 1 048
  • Yangiyo‘lda yuk mashinasi yonib ketdi 17 apr, 00:10 703
  • Viktor Jalilov: "Darvozabonimizning mustahkam o‘yini bo‘lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi" 16 apr, 23:43 653
  • Islombek Ismoilov: "Navbahor" bilan durang adolatli natija bo‘ldi" 16 apr, 23:25 665
  • Mikael Sekeyra: O‘zbek futboliga moslashishga to‘g‘ri kelyapti 16 apr, 23:00 766
  • Bo‘limlar