“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 10:38
ЎЗO‘Z

«Kambag‘allar kasalligi». O‘zbekiston va AQSH uni butkul tugatish bo‘yicha hamkorlik qiladi

12 mar, 10:33 3 135 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Kambag‘allar kasalligi». O‘zbekiston va AQSH uni butkul tugatish bo‘yicha hamkorlik qiladi Foto: AQSH elchixonasi matbuot xizmati
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda sil kasalligini yanada kamaytirish uchun maqsadli investitsiyalarni ta’minlashga qaratilgan yangi besh yillik dasturni ishga tushirdi. Dastur O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda amalga tatbiq etiladi. Bu haqda AQSH elchixonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan anjumanda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusufaliyev, AQSHning yurtimizdagi elchisi Daniel Rozenblyum va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) O‘zbekistondagi vakili doktor Lianna Kuppens ishtirok etdi.

«O‘zbekiston hukumati tashxislash, davolash va parvarishlash ishlarini yaxshilash orqali silga qarshi kurashda katta yutuqlarga erishdi. Birgalikda ish yuritib, biz O‘zbekistonda, butun mintaqa va dunyoda odamlar hayotini asrash va oilalarni sog‘lom saqlash bo‘yicha o‘zgarishlar qilishni davom ettira olamiz», – dedi AQSH elchisi D.Rozenblyum.

O‘zbekistonda JSST tavsiya yetgan cilga barham berish strategiyasi asosida tizimli ish olib borilmoqda. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi, AQSH hukumati va xalqaro hamkorlarning birgalikdagi sa’y-harakati tufayli yurtimizda silga qarshi kurashda ijobiy natijalarga erishildi.

Jumladan, sil kasalligidan o‘lim holati 5 barobarga, silga chalinish hollari esa 2 barobarga kamaydi. 2019-2025 yillar ichida esa sil bilan kasallanish holatlarini 20 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan. JSST e’tirofiga ko‘ra, O‘zbekiston silga qarshi olib borilayotgan tadbirlarning natijalari bo‘yicha Yevropa hududiga kiruvchi 53 mamlakat orasida 2-o‘rinda ko‘tarildi.

Ijobiy ko‘rsatkichlarga qaramay, silning ko‘p sonli dorilarga chidamli turi O‘zbekistonda jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Shu bois AQSH hukumati USAIDning «Global Accelerator to End TB» dasturi doirasida O‘zbekistondagi silga qarshi kurash milliy dasturi amalga oshirayotgan chora-tadbirlarga ko‘maklashish uchun innovatsiyaviy va iqtisodiy samarali vositalarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Jumladan, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekiston hukumatiga silga qarshi preparatlar va diagnostik uskunalar xarajatlarini kamaytirish, silga qarshi yuqori sifatli preparatlar mavjudligi va foydalanish imkoniyatini ta’minlash hamda silning ko‘p sonli dorilarga chidamli turini tashxislash va davolash sohasida JSSTning eng so‘nggi bayonnomalari va tavsiyalarini joriy qilishga yordam ko‘rsatish maqsadida to‘rtta yangi loyihani ishga tushirdi.

Sayyoramiz bo‘yicha yiliga 8,6 million kishi «kambag‘allar kasalligi» deb ataladigan silga chalinmoqda. 1 milliondan ortiq bemor esa uning turli asoratlari tufayli vafot etadi. Bu esa kasallikning oldini olish, barvaqt aniqlash, davolashning zamonaviy usullarini yaratish va amalga tatbiq etish xalqaro hamjamiyat oldidagi muhim vazifalardan ekanini ko‘rsatadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 113
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 411
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 118
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 41
  • Bo‘limlar