“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 09:56
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limga majburiy 1 yil qo‘shildi

10 mar, 19:34 6 618 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limga majburiy 1 yil qo‘shildi «Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (132-son, 09.03.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul 1 yillik tayyorlash tizimi to‘liq joriy etiladi.

Maktabgacha ta’lim vazirligining bu boradagi asosiy vazifalari belgilandi. Jumladan, vazirlik maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun tayyorlov guruhlarini shakllantiradi.

Tayyorlov guruhlari uchun o‘quv yili:
- 2019/2020 o‘quv yilida 2020 yil 10 martdan boshlanadi va 20 avgustda tugaydi;
- 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, har yili 2 sentabrdan boshlanadi va keyingi yilning 25 mayida tugaydi.

Bog‘chalar tomonidan hamda ulardan tashqari tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlang‘ich ta’limga tayyorgarlikdan o‘tgan deb hisoblanadi va majburiy bepul 1 yillik tayyorlovdan ozod etiladi.

Bunda, ushbu muassasalarda tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga boshlang‘ich ta’limga majburiy 1 yillik tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Qaror bilan 2020–2025 yillarda bolalarni majburiy maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yiliga kelib 6 yoshdagi bolalar maktabgacha ta’lim bilan 100 foiz qamrab olinadi.

Qaror bilan, shuningdek, Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, tayyorlov guruhlari bog‘chalarda (bog‘cha mavjud bo‘lmagan yoki yetarli sharoit bo‘lmaganda boshqa mos binolarda) tashkil etiladi.

Guruhlarda bolalarning bo‘lish vaqti 3-4 soatni tashkil etadi va ta’lim-tarbiya jarayoni bir yoki ikki smenada tashkil etiladi, bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 228
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 138
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 216
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 125
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 110
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 0
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 0
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 1
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 4
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 21
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 8
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 23
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 73
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 180
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 385
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 118
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 124
  • Bo‘limlar