“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 00:16
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi yetarlicha chora ko‘rilganmi?

09 mar, 20:15 6 678 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi yetarlicha chora ko‘rilganmi? Shu kunlarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning koronavirusga tayyorgarlik bo‘yicha yetakchi konsultanti Ute Enderleyn va tashkilotning favqulodda holatlarga tayyorgarlik ko‘rish dasturining mas’ul xodimi Jetri Regmi yurtimizda bo‘lib, dunyoda davom etayotgan epidemiyaga qarshi olib borilayotgan choralar va profilaktik tadbirlarning texnik ekspertizasini o‘tkazishmoqda.

Shuningdek, ular mamlakatimizga kirish hududlaridagi sanitariya-karantin punktlarida nazorat va profilaktik tadbirlarni tashkil qilish, davolash muassasalarining xavfsizligini ta’minlash, laboratoriyalar salohiyatini mustahkamlash kabi qator masalalar bo‘yicha texnik tavsiyalarini ham berishmoqda.

– Biz yurtingizda bir hafta mobaynida bo‘lib, koronavirus infeksiyasi chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish, epidemiologik nazoratni kuchaytirish borasidagi ishlar halqaro talablar asosida, JSST tomonidan ishlab chiqilgan standartlar va tavsiyalarga mos ravishda amalga oshirilayotganligiga guvoh bo‘ldik, – deydi Ute Enderleyn. – Yurtingizda ushbu infeksiyaga qarshi barcha choralar ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, JSSTning ekspertlari mamlakatimiz mutaxassislari bilan hamkorlikda jahondagi koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik holatni hisobga olgan holda favqulodda vaziyatlarda qanday yo‘l tutish bo‘yicha ham o‘zaro tajriba almashishmoqda.

O‘z o‘rnida aytib o‘tish lozimki, ayni paytda mamlakatimizga yuqumli kasalliklar, jumladan, «COVID-19» infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralarida sanitariya-karantin punktlarida barcha ehtiyot choralari ko‘rilib, nazorat kuchaytirilgan. Bugungi kunda ushbu punktlarda boshqa tarmoq xodimlari qatorida 250 nafardan ziyod yuqori malakali sanitariya-epidemiologiya xizmati mas’ullari belgilangan standartlar bo‘yicha ish olib bormoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi huzurida uzluksiz 24 soat davomida faoliyat ko‘rsatuvchi shtab tashkil qilingan.

Eslatib o‘tamiz, shu kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq birorta holat qayd etilmagan. Shu o‘rinda Sog‘liqni saqlash vazirligi yana bir bor aholidan ortiqcha sarosimaga tushmagan holda shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qoladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
koronavirus, O‘zbekiston, chora




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 78
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 183
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 70
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 208
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 159
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 323
  • So'nggi yangiliklar
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 0
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 24
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 58
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 20
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 50
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 98
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 58
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 139
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 81
  • Bo‘limlar