“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 23:24
ЎЗO‘Z

Koronavirus: Vaksina qachon paydo bo‘ladi?

08 mar, 11:17 4 579 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus: Vaksina qachon paydo bo‘ladi? Koronavirus kasalligiga chalinganlar 90 mamlakatda qayd qilindi. Har kuni minglab odam virus yuqtirganlar qatoriga qo‘shilmoqda.
Infeksiya tarqalishining oldini olishda yordam beradigan koronavirusga qarshi vaksina hanuz yo‘q. Vaksina yaratilishini qachon kutsak bo‘ladi? BBC ushbu savolga javov izladi.

Koronavirusga qarshi vaksina qachon paydo bo‘ladi?
Ayni damda olimlar vaksinaning bir necha turini ishlab chiqishdi va ularning samaradorligini hayvonlarda sinab ko‘rishmoqda. Agar tajriba muvaffaqiyatli chiqsa keyin shu yildan boshlab odamlarda sinab ko‘rish mumkin.

Ammo olimlar ishchi vaksinani yangi yilga qadar ishlab chiqsa ham, uni ommaviy ravishda ishlab chiqarishni boshlash ozmuncha vaqt talab qilmaydi.

Koronavirusga qarshi vaksina topish uchun vaqt va resurslarni tejash maqsadida yangi uslublardan foydalanilmoqda.
Agar vaziyatga real qaraydigan bo‘lsak, samarali vaksinani paydo bo‘lishini 2021 yil o‘rtalaridan oldin kutmasligimiz kerak.

Vaksinani qisqa muddatda ishlab chiqishga harakat qilishayotganini ham esdan chiqarmaslik kerak. Uni tayyorlash uchun yangi uslublar qo‘llanilayotganini ham hisobga olsak hamma narsa xamirdan qil sug‘urgandek hal bo‘lmasligi mumkin.

Ayni damda odamlar orasida koronavirusning 4 turi tarqalgan, ularning birortasiga ham qarshi vaksina yo‘q.

Vaksina hammaga yordam beradimi?
Afsuski, vaksina qariyalarga nisbatan ancha samarasiz bo‘ladi. Gap vaksinada emas, balki yosh bo‘lmagan bemorlarning immuniteti vaksina urilgan vaqti zaif javob berishida. Bu narsani har yili odamlarga grippga qarshi emlanganida kuzatamiz.

Bundan tashqari barcha dori-darmonlar qo‘shimcha ta’sirga ega, hatto paratsetamol ham. Lekin klinik sinov o‘tkazmasdan tajribadagi vaksinalarning qo‘shimcha ta’siri haqida ishonch bilan gapira olmaymiz.

Vaksina bo‘lmagan holatda qanday himoyalanish mumkin?
Vaksina bizni infeksiyadan himoya qilishi mumkin, ammo xavfdan omon qolishning hozircha eng yaxshi usuli bu — gigiyena qoidalariga rioya qilish.

Qo‘llaringizni sovun va iliq suv bilan kamida 20 soniya davomida yuving yoki infeksiyaga qarshi gel ishlating
Kasallik yuqtirgan ko‘pchilik sezilmas alomatlarni boshidan kechiradi.
Ayni damda virusga qarshi bir nechta dori sinovdan o‘tmoqda, lekin ularning birortasini ham Covid-19 bilan kurashishda samarali deb ayta olmaymiz.

Vaksinalar qanday yaratiladi?
Vaksina bemorning sog‘lig‘iga shikast bermasdan uning immun tizimini zararli virus yoki bakteriya bilan “tanishtiradi“. Tana “dushman“ni tanib qoladi va unga qarshi kurashishga o‘rganadi.

Aksa urganda yo yo‘talganda og‘zingizni ro‘molcha yoki salfetka bilan yoping
Keyin tanamiz o‘sha infeksiyasi bilan hayotda duch kelsa, immun tizimimiz uning qanaqa kasallik ekanligini va unga qarshi qanday kurashishni biladi.
O‘nlab yillar davomida vaksina haqiqiy virus namunasi yordamida tayyorlanib kelinmoqda.

Qizamiq va qizilchaga qarshi vaksina virusning butunlay kasal qilmaydigan zaiflashgan namunasidan tayyorlanadi.
Mavsumiy gripplarga qarshi vaksina o‘sha yilda keng tarqalgan turi asosida, uni to‘liq zararsizlantirilib tayyorlanadi.

Yangi koronavirusga qarshi vaksinani tayyorlash uchun yillar davomida sinovdan o‘tmagan, vaqt va zaxirani iqtisod qiluvchi uslubdan foydalanilmoqda. Virusning genetik kodi parchalari asosida vaksina tayyorlash usulidan ishlatilyapti.

Sars-CoV-3 koronavirusi genetik kodini bilganimiz uchun to‘qimaga kiritilganidan so‘ng patogen oqsillarini ishlab chiqaruvchi va zaruriy immun reaksiyani beruvchi vaksinani ishlab chiqish mumkin.
Olimlar Sars-CoV-3 genetik kodi parchalarini inson uchun xavfsiz bo‘lgan virus bilan almashtiruvchi uslubdan foydalanadi.

Yuvilmagan qo‘llar bilan ko‘z, burun va og‘zingizga teginmang
Bu kabi “genetik vaksina“ nazariy jihatdan immunitetni koronavirusga qarshi kurashuvchanligini oshirishda ko‘maklashishi kerak.
Ayrim holatlarda virus DNK va RNK parchalari to‘g‘ridan to‘g‘ri tanaga kiritiladi. Ular tanaga kirishiga bilan patogen oqsillarini ishlab chiqarishni boshlaydi va immun tizimi ushbu oqsillarga qarshi turishni o‘rganadi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Koronavirusga qarshi Xitoy ishlab chiqargan vaksina ko‘ngillilarda sinab ko‘rilmoqda 22 mar, 00:30
  • Koronavirusga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazila boshlangani ma’lum qilindi 18 mar, 23:11
  • Avstraliyalik olimlar immun tizimi koronavirusga qarshi qanday kurashishini aniqlashdi 18 mar, 20:30
  • Koronavirusni davosi topildimi? Korona vaktsinasining so'nggi daqiqalardagi tavsifi 13 mar, 17:10
  • Koronavirusga qarshi vaksina sinovida qatnashuvchilarga katta pul va’da qilindi 09 mar, 16:53
  • Koronavirusga qarshi vaksina qachon sinovdan o‘tkazilishi ma’lum qilindi 21 fev, 13:20
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan 100 nafar mahkumni afv etdi 12 мая, 22:44 0
  • Jizzaxda MIB tomonidan davlat budjetiga 1.4 mlrd. so‘m undirildi 12 мая, 22:22 0
  • Olimlar koronavirusning jinsiy quvvatga ta’sirini o‘rganishdi 12 мая, 21:53 15
  • JCH-2022. Milliy terma jamoamiz qaysi stadionda va soat nechchida o‘ynashi ma’lum 12 мая, 21:30 78
  • "Navbahor" o‘z maydonidagi ilk g‘alabani "Surxon" ustidan qo‘lga kiritdi 12 мая, 21:14 120
  • Yirik hisobda g‘alaba qozongan "Paxtakor" peshqadamlikni qo‘lga oldi 12 мая, 21:04 145
  • Muborak arafa kunlari ota farzandi uchun 7 oylik aliment pullarini to‘ladi 12 мая, 20:47 104
  • Hokimlikdan tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirib berildi 12 мая, 20:25 138
  • Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi 12 мая, 19:56 185
  • Karamning qanday foydali xususiyatlari bor? 12 мая, 19:18 150
  • Toshkentda singlisini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yollagan ayolga sud hukmi o‘qildi 12 мая, 18:36 426
  • Ronalduning agenti uning xizmatlarini APL klubiga taklif qilmoqda 12 мая, 18:00 325
  • Bo‘limlar