“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2021, 02:15
ЎЗO‘Z

Yo‘lovchi talashgan Damas haydovchilarining janjali pichoqbozlik bilan tugadi

06 mar, 16:30 2 305 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yo‘lovchi talashgan Damas haydovchilarining janjali pichoqbozlik bilan tugadi 2020 yilning 2 mart kuni taxminan soat 11:15larda Qarshi shahridagi “Eski shahar-Pistakent” yo‘nalish avtoturargohida Damas rusumli avtomashina haydovchisi 30 yoshli F.E. boshqa bir Damas rusumli avtomashina haydovchisi 22 yoshli N.Sh. bilan yo‘lovchi talashib, o‘zaro janjallashgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u N.Sh.ni haqorat qilib, yo‘lovchilarni o‘zining avtomashinasiga solib, navbatsiz “Guliston” yo‘nalishiga qarab yurib ketgan.

Shundan so‘ng, N.Sh. va uning tanishi 19 yoshli G.T. F.E.ning haqorat qilish sababini aniqlash maqsadida, N.Sh.ning avtomashinasida F.E.ning orqasidan borib, “Guliston” mahallasidagi ko‘chalarning birida uchrashishgan.

O‘zaro suhbat jarayonida F.E. fuqaro G.T.ga tortishuvga aralashmasligini aytib, o‘zaro janjallashib, yonidagi pichoq bilan G.T.ga nisbatan jarohat yetkazgan. Natijada G.T. tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va F.E. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda yirik YTH, qurbonlar bor 17 mar, 08:55
  • Namangandagi mehmondorchilik pichoqbozlik bilan yakunlandi 21 fev, 10:00
  • Rashk sababli boshlangan janjal pichoqbozlik bilan tugadi 11 fev, 18:06
  • Sirdaryoda mudhish YTH sodir bo‘ldi 01 fev, 12:53
  • Yuqorichirchiqda 23 yoshli yigit o‘z hamkasbini pichoqladi 14 yanv, 12:16
  • Qashqadaryoda mudhish YTH: 4 kishi halok bo‘ldi 28 dek, 21:43
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya va Belarus davlat to‘ntarishining oldi olingani haqida xabar berdi 19 apr, 00:30 195
  • Misrda relsdan chiqib ketgan poyezd fojiaga sabab bo‘ldi (video) 19 apr, 00:01 253
  • Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak? 19 apr, 00:01 113
  • “Tramadol”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 18 apr, 23:36 384
  • Parfyumeriya mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 18 apr, 23:13 446
  • "Jenoa" bosh murabbiyi "Milan"ga boy berilgan o‘yin haqida nimalar dedi? 18 apr, 22:48 909
  • Och qoringa iste’mol qilish xavfli bo‘lgan mahsulotlarni bilasizmi? 18 apr, 22:13 1 116
  • Fuqaroga 55,5 mln. so‘m haqi undirib berildi 18 apr, 21:51 871
  • Gimnastikachi qizlarimiz tarixiy natija qayd etishdi 18 apr, 21:30 1 204
  • O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan o‘rin oldi 18 apr, 21:00 1 350
  • Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari fosh etildi 18 apr, 20:36 700
  • Yuk mashinalariga yashirilgan mineral o‘g‘itlar fosh bo‘ldi 18 apr, 20:12 678
  • Bo‘limlar