“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2021, 16:09
ЎЗO‘Z

Maktab o‘quvchilari koronavirus tufayli 15 martdan ta’tilga chiqishi haqidagi xabarga aniqlik kiritildi

06 mar, 14:34 6 957 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maktab o‘quvchilari koronavirus tufayli 15 martdan ta’tilga chiqishi haqidagi xabarga aniqlik kiritildi Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli 15 mart kunidan boshlab ta’til e’lon qilinishi haqida ma’lumot tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi tarqatilgan ma’lumot noto‘g‘riligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘quvchilar o‘tgan yillarda bo‘lganidek 21 mart kunidan navbatdagi ta’tilga chiqadi. Ta’til yetti kun davom etadi.

«Ta’kidlash lozimki, Xalq ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan muntazam aloqada.

Shu bilan birga, Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi maktablarda koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasini oldini olish borasidagi tavsiyalarini posterlar shaklida chop etdi va ular maktablarga tarqatildi.

Xalq ta’limi vazirligi zaruriyat tug‘ilganda vaziyat rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilib boradi
», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi 3 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlarni rad etib, 4 martdan aholini ushbu yuqumli kasallikdan himoyalanishga undovchi SMS xabarlar yubora boshladi.



Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 41 nafarga yetdi 21 mar, 19:38
  • O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 37 nafarga yetdi 21 mar, 11:37
  • Ravshan Ermatov: Superliga o‘yinlari taqdiri bo‘yicha 16 mart kuni qaror qabul qilinadi 15 mar, 17:02
  • «Bu xabarlar mutlaqo yolg‘on» — Vazirlik koronavirus O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi xabarlarni rad etdi 03 mar, 14:13
  • Koronavirus: Uzbekistan Airways Seulga qatnovlarni vaqtincha to‘xtatadi 29 fev, 10:18
  • Markaziy shtabimizdan koronavirus to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi 14 fev, 23:05
  • So'nggi yangiliklar
  • Teri holatiga ta’sir qilib erta qarishga olib keladigan 7 odat 29 noya, 15:36 15
  • O‘zbekistonda qishning dastlabki kunlarida anomal iliq bo‘lishi kutilmoqda 29 noya, 15:10 107
  • Ijtimoiy tarmoqda shov-shuv ko‘targan voqea: O‘zMU talaba qizlari nega banner ko‘tarishdi? 29 noya, 14:43 167
  • AQSH mudofaa vazirligi «uchar likopchalar» jumbog‘ini yechishga qat’iy kirishdi 29 noya, 14:12 149
  • Tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 830 so‘mga qadar ko‘tarildi 29 noya, 13:47 165
  • O‘zbekiston MTJ Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 29 noya, 13:29 178
  • Raniyaning parhezi: Iordaniya qirolichasining sarvqomatlik siri nimada? 29 noya, 13:00 136
  • Toshkent viloyatida «rahnamo» qo‘lga tushdi 29 noya, 12:37 333
  • Bugun “Oltin to‘p-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi 29 noya, 12:12 300
  • Mourinyu: "Men 5:0 hisobidan ko‘ra minimal hisobda g‘alaba qozonishni afzal ko‘raman" 29 noya, 11:43 283
  • Sovuq havoda qo‘llarni parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar 29 noya, 11:15 145
  • Qashqadaryoda o‘g‘rilik sodir etgan shaxs ishni yopish uchun IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘ldi 29 noya, 10:48 235
  • Bo‘limlar