“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2021, 20:36
ЎЗO‘Z

Samarqandda ham hokimlikka ayol kishi tayinlandi

06 mar, 09:50 2 364 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda ham hokimlikka ayol kishi tayinlandi Foto: Samarqandda ham hokimligi
Shu kunga qadar Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Muzaffar Kozimovich Hoshimov o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Gavhar Zoyirovna Alimova nomzodi Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Gavhar Alimova Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1989 yilda Jomboy tumanidagi 16-maktab yo‘riqchiligidan boshlagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kompleksi mutaxassisi, avvalgi “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

2018 yildan 2020 yilgacha Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, yaqindan boshlab esa Samarqand viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Shu tariqa, O‘zbekistonda amaldagi ayol hokimlar soni olti nafarga yetdi.

Bungacha Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumaniga Zulayho Mahkamova, Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga Dilfuza Uralova, Buxoro viloyati Olot tumaniga Nargiza Ne’matova, Andijon viloyati Bo‘ston tumaniga Sadbarxon Mamitova, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumaniga Maqsuda Mustafoyeva hokim etib tayinlangan edi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryoda ayol kishi tuman hokimi etib tasdiqlandi 18 fev, 14:30
  • Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi 26 okt, 16:50
  • Jomboy tumaniga yangi hokim tayinlandi 30 iyul, 20:50
  • Samarqand viloyatida yana bir tuman hokimi vazifasidan ozod etildi 12 yanv, 14:43
  • Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi 13 iyul, 21:53
  • Samarqandda viloyat hokimining o‘rinbosari almashdi 16 apr, 23:00
  • So'nggi yangiliklar
  • 1 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik uchun tosh maydalash-saralash uskunasi xatlab qo‘yildi 02 avg, 20:25 0
  • "Roma"ga transferi sir tutilayotgan Eldor Shomurodov borasida ma’lumot 02 avg, 20:00 0
  • Yoshi kattalar tushundi va oila yarashdi 02 avg, 19:44 41
  • Eldor Shomurodov "Roma"ning Portugaliyadagi yig‘iniga yetib bordi 02 avg, 19:20 99
  • Pashinyan Armaniston bosh vaziri etib tayinlandi 02 avg, 19:00 155
  • Turkmaniston prezidenti yangi qiruvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi 02 avg, 18:30 270
  • DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olindi 02 avg, 18:25 216
  • Asqar Akayev Qirg‘izistonga qaytdi, u Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida tergov qilinmoqda 02 avg, 17:44 366
  • Respublikachilar COVID laboratoriyada paydo bo‘lgani to‘g‘risida dalillar borligini ma’lum qildi 02 avg, 17:13 398
  • Andijonda hokimiyat oldidagi yo‘lni to‘sgan ayollar jazolandi (video) 02 avg, 16:44 416
  • O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi (video) 02 avg, 16:13 174
  • Qoidabuzar Malibu’ni qo‘yib yuborishni buyurgan komandir intizomiy jazoga tortildi 02 avg, 15:45 402
  • Bo‘limlar