“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2021, 20:43
ЎЗO‘Z

«Bu xabarlar mutlaqo yolg‘on» — Vazirlik koronavirus O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi xabarlarni rad etdi

03 mar, 14:13 3 445 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bu xabarlar mutlaqo yolg‘on» — Vazirlik koronavirus O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi xabarlarni rad etdi Sog‘liqni saqlash vazirligi 3 mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar yo‘qligini, bu borada tarqalgan xabarlar asossizligini ma’lum qildi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasi mamlakatimizga kerib kelganligi haqidagi asoslanmagan xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlar mutlaqo yolg‘on bo‘lib, ayni paytga qadar yurtimizda koronavirus kasalligi umuman qayd etilmadi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasiga yuqumli kasalliklar, jumladan, COVID-19 koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralaridagi mavjud 53ta sanitariya-karantin punktlarida qat’iy nazorat o‘rnatilgan. Ushbu punktlar zamonaviy tibbiy jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.

Aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi nazorat tadbirlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya talablari asosida amalga oshirilmoqda. Bu borada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda mahalliy mutasaddi vazirlik va idoralar bilan ham hamkorikda tizimli faoliyat olib borilmoqda.

Afsuski, yuqoridagi kabi yolg‘on xabarlar aholining sarosimaga tushishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirga tushmasliklarini, agar ushbu holat bilan bog‘liq savollar bo‘lsa, vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining (71) 276-46-65, (71) 276-49-66 telefon raqamlariga murojaat qilishlarini so‘raydi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 41 nafarga yetdi 21 mar, 19:38
  • O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 37 nafarga yetdi 21 mar, 11:37
  • O‘zbekistonda yana ikki kishida koronavirus tasdiqlandi 16 mar, 11:47
  • SSV: Olmaliqda 17 nafar fuqaro koronavirus tufayli vafot etgani haqidagi xabar mutlaqo asossiz 12 mar, 19:11
  • Maktab o‘quvchilari koronavirus tufayli 15 martdan ta’tilga chiqishi haqidagi xabarga aniqlik kiritildi 06 mar, 14:34
  • Markaziy shtabimizdan koronavirus to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi 14 fev, 23:05
  • So'nggi yangiliklar
  • Tish yuvish pastasini to‘g‘ri tanlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak? 16 okt, 20:20 0
  • Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etiladi 16 okt, 19:57 6
  • Yuqmaydigan koronavirus nega kerak? 16 okt, 19:50 13
  • «Shu ikki yulduzni olmasak bo‘lmaydi» – «Real»ning asosiy nishonlari 16 okt, 19:48 19
  • Yangi test natijalari: iPhone 13 Pro Max’ning quvvati uch kungacha yetadi 16 okt, 18:43 77
  • Superliga. "Paxtakor" jangovar kechgan o‘yinda "Qizilqum"ni taslim etdi 16 okt, 18:21 107
  • Mirziyoyev: «Toshkent viloyati uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash kvotalari ikki barobarga oshiriladi» 16 okt, 18:07 105
  • O‘FA va Niderlandiya qirolligi futbol ittifoqi o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi 16 okt, 18:01 114
  • Prezident «Mehr» operatsiyasini o‘tkazish oson bo‘lmaganini aytdi 16 okt, 17:30 143
  • Termizda o‘zbek-afg‘on muzokaralari boshlandi 16 okt, 17:09 197
  • «Tutqunlik» filmini bugun tomosha qilishingiz mumkin 16 okt, 17:01 182
  • «Ular millatga xiyonat qildi» – Shavkat Mirziyoyev 16 okt, 15:35 420
  • Bo‘limlar