“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2021, 19:17
ЎЗO‘Z

Koronavirus: O‘zbekistonda har bir ta’lim muassasa rahbari ogohlantirildi

02 mar, 23:28 3 545 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus: O‘zbekistonda har bir ta’lim muassasa rahbari ogohlantirildi Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatdagi 9950 ga yaqin umumta’lim muassasasida tegishli sanitariya choralarni amalga oshirish orqali xodimlar va o‘quvchilarning salomatligini muhofaza qilish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi bilan qo‘shma qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida profilaktika choralari va nazoratini kuchaytirish, ushbu masalada ogohlikni oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarni shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi belgilandi.

Shuningdek, maktabga kelmagan xodim va o‘quvchilarning ahvolidan xabar olish, o‘tkir respirator kasallik belgilari aniqlangan o‘quvchilarni zudlik bilan ota-onasi va hududiy oilaviy poliklinikaga xabar berish vazifalari aniq belgilab berildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu hujjatda dunyodagi epidemik vaziyat barqarorlashgunga qadar xalqaro va ommaviy tadbirlar hamda sport musobaqalarini zarurat bo‘lmasa o‘tkazmaslik, ayniqsa, chet el fuqarolari va xorij davlatlarida bo‘lib kelganlarning ta’lim muassasalariga ishga, ularning farzandlarini esa vaqtincha karantin davrida o‘rta maktabga qabul qilmaslik choralarini qat’iy ko‘rish bilan bog‘liq vazifalar ham aks etgan.

Shu bilan birga, SSV tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar, jumladan, ta’lim muassasalarida tozalik va dezinfeksiya tadbirlarini kuchaytirish, o‘quvchilarning qo‘llarini tez-tez sovun bilan yuvish, aksa urganda albatta tirsak bilan yopish va boshqa gigiyena qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish, har tanaffus vaqtida sinfxonalarni shamollatish, muassasalarda kundalik tozalov ishlarida dezinfeksiya vositalaridan doimiy foydalanish choralarini ko‘rish kabi profilaktik tadbirlarni qat’iy amalga oshirish ko‘rsatib o‘tildi

Umumta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va dezinfeksiya tadbirlarini bajarilishi bo‘yicha har bir ta’lim muassasaning rahbari shaxsan javobgar ekanligi to‘g‘risida ogohlantirildi”, - deyilgan xabarda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Ravshan Ermatov: Superliga o‘yinlari taqdiri bo‘yicha 16 mart kuni qaror qabul qilinadi 15 mar, 17:02
  • AQSH ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish uchun 5 mln dollar ajratadi 09 mar, 23:07
  • Maktab o‘quvchilari koronavirus tufayli 15 martdan ta’tilga chiqishi haqidagi xabarga aniqlik kiritildi 06 mar, 14:34
  • «Bu xabarlar mutlaqo yolg‘on» — Vazirlik koronavirus O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi xabarlarni rad etdi 03 mar, 14:13
  • Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar berish tiklanadi 16 iyun, 14:57
  • Peshonaga qo‘yilgan «2»lar: maktabdagi bir qator mansabdorlar ishdan olindi 16 мая, 00:08
  • So'nggi yangiliklar
  • Yangi test natijalari: iPhone 13 Pro Max’ning quvvati uch kungacha yetadi 16 okt, 18:43 0
  • Superliga. "Paxtakor" jangovar kechgan o‘yinda "Qizilqum"ni taslim etdi 16 okt, 18:21 0
  • Mirziyoyev: «Toshkent viloyati uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash kvotalari ikki barobarga oshiriladi» 16 okt, 18:07 0
  • O‘FA va Niderlandiya qirolligi futbol ittifoqi o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi 16 okt, 18:01 0
  • Prezident «Mehr» operatsiyasini o‘tkazish oson bo‘lmaganini aytdi 16 okt, 17:30 29
  • Termizda o‘zbek-afg‘on muzokaralari boshlandi 16 okt, 17:09 72
  • «Tutqunlik» filmini bugun tomosha qilishingiz mumkin 16 okt, 17:01 83
  • «Ular millatga xiyonat qildi» – Shavkat Mirziyoyev 16 okt, 15:35 251
  • Timur Kapadze terma jamoa qachon yig‘ilishi va keyingi rejalar haqida gapirdi 16 okt, 15:13 165
  • Kuzda sovuq qotishga sabab bo‘ladigan 6 sabab 16 okt, 14:45 117
  • DXX akademiyasi bakalavriatiga qabul boshlandi 16 okt, 14:20 173
  • Kuz mavsumida immunitetni mustahkamlashga yordam beradigan 9 mahsulot 16 okt, 13:48 148
  • Bo‘limlar