“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 21:13
ЎЗO‘Z

Saraton kasalligiga chuvalchanglar tashxis qo‘yadi: aniqlik — 86,8 foiz

02 mar, 14:39 7 788 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saraton kasalligiga chuvalchanglar tashxis qo‘yadi: aniqlik — 86,8 foiz Foto: «YouTube»
Yapon olimlari onkologik xastaliklarning 15 turini nuldan boshlab aniqlashning yangi turini topishdi.

«Hirotsu Bio Science Inc» kompaniyasi bosh direktori Xirotsu Takaaki olimlar qanday qilib nematoda chuvalchanglarini saratonga qarshi kurashga jalb qilishgani haqida so‘zlarkan, nematodalardan foydalanish saratonni aniqlashda tezkor va arzon, shuning barobarida, ayniqsa, oshqozon osti bezi saratoni kabi aniqlash qiyin turlarini tezroq topishda istiqbolli usul bo‘lishini ta’kidlagan.

«Ushbu usulga nematodalar (uzunligi 1 millimetr atrofidagi dumaloq chuvalchanglar)ning kimyoviy qo‘zg‘ovchilarga nisbatan harakatlanish reaksiyasi asos qilib olindi — bu chuvalchanglar o‘zlariga yoqqan hid tomon harakatlanadi va aksincha, o‘zlariga yoqmagan hiddan uzoqlashadi. Aytish kerakki, bu ilgari onkologiyada mavjud bo‘lmagan mutlaqo yangi usuldir. Chuvalchanglar bemordan olingan siydikka yaqinlashadimi yoki aksincha, biz shunga qarab saratonni aniqlaymiz», — dedi Xirotsu Takaaki.

Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, nematodalarga sog‘lom odamning emas, balki saraton xastaligi bor odamning siydigi «yoqarkan».

Bu usul bilan 15 turdagi o‘sma kasallikni aniqlash mumkin deyilmoqda. Bular: oshqozon, yo‘g‘on ichak, o‘pka, ko‘krak, bachadon, oshqozon osti bezi, jigar, prostata, qizilo‘ngach, tuxumdonlar, o‘t yo‘llari va o‘t pufagi, siydik pufagi, buyrak, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq yo‘llari saratoni kabilar.

2019 yilning sentabr oyida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, nematodalar yordamida saraton xastaliklariga 86,8 foiz aniqlikda tashxis qo‘yilmoqda. E’tiborli jihati, kasallikning eng erta bosqichida ham tashxis aniqligi 85 foizni tashkil etgan.
chuvalchang, tashxis, Saraton




Mavzuga oid yangiliklar
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 91
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 135
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 242
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 98
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 322
  • Quruq yo‘talni yumshatishda yordam beradigan uchta xalqona usul 22 apr, 15:13 142
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 3
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 35
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 22
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 95
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 113
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 38
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 147
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 60
  • Bo‘limlar