“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 01:40
ЎЗO‘Z

DXX 18 kg giyohvand moddani musodara qildi

02 mar, 13:00 2 665 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX 18 kg giyohvand moddani musodara qildi DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yo‘lovchi avtomashinada harakatlanayotgan 56 yoshli K.Nazarovning qo‘l sumkasidan 7 kg 190 gr “opiy” giyohvandlik vositasi topildi.

“Opiy” moddasini tojikistonlik “Rashid” ismli narkokur’er aylanma yo‘llar orqali respublikamiz hududiga olib o‘tib, K.Nazarovga yetkazib bergan. Ta’kidlash lozimki, K.Nazarov 2009 yil giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan, lekin xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Xo‘jaobod tumani buyum bozori hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 35 yoshli N.Musayevga tegishli sport sumkasida 5 kg 538 gr «gashish» giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, N.Musayevga ushbu «gashish» moddasini qirg‘izistonlik «Mirzoxid» ismli shaxs yetkazib bergan. Afsuski, N.Musayev giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun 2013 yilda sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

DXX Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida 2016 yil giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani sudlangan 34 yoshli D.Ahmedov sherigi 23 yoshli S.Ergashev bilan 4 kg 648 gr “gashish” moddasini olib ketayotgan vaqtida ushlandi.

DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida 2005 yil giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan 44 yoshli J.Qurbonov 741 gr. «opiy» giyohvandlik vositasini olib ketayotgan vaqtida ushlandi

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 7 kg. 931 gr. “opiy” va 10 kg. 186 gr. “gashish” moddalari musodara qilindi.
Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 61
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 219
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 133
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 103
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 83
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 0
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 0
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 0
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 0
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 91
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 70
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 79
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 15
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 145
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 177
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 51
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 120
  • Bo‘limlar