“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2021, 15:49
ЎЗO‘Z

Andrey Shipilov AGMK bilan durangdan so‘ng: Maydonga keragidan ko‘p qum to‘kilganini ko‘rdik

01 mar, 15:43 1 084 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andrey Shipilov AGMK bilan durangdan so‘ng: Maydonga keragidan ko‘p qum to‘kilganini ko‘rdik Kecha Superliga 1-turidan o‘rin olgan AGMK - "Metallurg" uchrashuvi o‘tkazildi. Bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bellashuvdan so‘ng mehmonlar ustozi Andrey Shipilov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "Metallurg" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

- O‘yin qiziqarli va keskin o‘tdi. Ikkala jamoa ham g‘alabaga loyiq edi. Raqib tarkibi juda kuchli, biz ham yaxshi o‘ynashga urindik. Menimcha, natija adolatli.

"Metallurg" safida Aleksandr Lobanov yaxshi harakat qildi. Bundan tashqari qanot vakillari Toshqo‘ziyev va Toshpo‘latov katta hajmdagi ishni bajarishdi. Ikkinchi taymda butun jamoam yaxshi o‘ynadi. Ubaydullayevda 2-3 ta qulay imkoniyat bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda bizda ko‘proq qulay imkoniyatlar bo‘ldi.

Maydonga keragidan ko‘p qum to‘kilganini ko‘rdik. Aynan shu bois Akbar Ismatullayev jarohat oldi. Ikkala jamoa ham to‘liq kuch bilan o‘ynay olmadi, imkoniyatlari darajasini namoyish eta olishmadi.

Muzaffar Muzaffarovda oilaviy muammolar paydo bo‘lganligi bois u bilan samimiy xayrlashdik. Zohid Abdullayev nega jamoaga qaytarildi? U bilan xayrlashishimiz o‘zi qiyin bo‘lgandi. Uzoq suhbatlashgandik. Klub rahbariyatining yordami bilan Abdullayevni baribir jamoaga qaytardik. Uning hali yordami tegadi.

Klubda uch yildan buyon ishlab kelayapman, Toshpo‘latovni ikki yil muqaddam jamoamizga olib kelish harakatini qilganmiz. Ammo faqat bu yil maqsadimizga erishdik. Toshqo‘ziyev 1998 yilda tug‘ilgan yosh futbolchi, unga imkoniyat berish kerak edi. Bundan tashqari jamoada Sattorov, Shipilov singari to‘rt-besh nafar yoshlarga ham ishonch bildirayapmiz, ularga sekin asta ko‘proq imkoniyat berib boramiz. Yangi futbolchilarning esa jamoaga qo‘shilib ketishlari uchun vaqt kerak bo‘ladi, - dedi Andrey Shipilov.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Aktrisa Luiza Rasulova tugʻilgan kunini nishonlamoqda (foto) 24 apr, 10:30
  • Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi 23 noya, 08:30
  • Anchelotti: Ronalduning yagona xatosi «Yuventus» safiga o‘tgani bo‘ldi 23 okt, 16:30
  • Vadim Abramov «AGMK» bosh murabbiyi bo‘lishi kutilmoqda 04 iyun, 18:06
  • Tarixning zarhal sahifasi: O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘z ustozi bilan 27 sen, 17:34
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: «Yoshlar bilan do‘st bo‘lmaganimiz uchun ularning ko‘pi noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketdi. Bu — bizning aybimiz» 28 yanv, 15:01 1
  • Buyraklar ishdan chiqishiga sabab bo‘ladigan 6 odat 28 yanv, 14:23 153
  • Toshkent viloyatida 3 yoshli o‘g‘lini 4 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi 28 yanv, 13:55 74
  • Trampning jiyani amakisi sabab o‘z familiyasidan voz kechmoqchi 28 yanv, 13:25 194
  • O‘zbekiston korrupsiya reytingida 180 davlat orasida 146-o‘rinni egalladi 28 yanv, 12:57 118
  • Dron orqali «Makarov» to‘pponchasi chegaradan o‘tkazildi. Uni sotib olganlar qo‘lga olindi (video) 28 yanv, 12:28 341
  • Ortiqcha vazn ayollarning homilador bo‘lishiga to‘sqinlik qiladimi? 28 yanv, 11:53 226
  • Yosh va sog‘lom bo‘lay desangiz tongni zarchavali suv bilan qarshi oling 28 yanv, 11:20 328
  • Nonushta uchun eng foydali bo‘tqa qaysi? 28 yanv, 10:43 150
  • Bayden Saudiya Arabistoni va BAAga qurol sotishni to‘xtatdi 28 yanv, 10:15 352
  • Prezident qator rahbarlarga yangi vazifa yukladi 28 yanv, 09:44 314
  • AGMK yoki "Nasaf"ning OFK kubogidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi 28 yanv, 09:26 318
  • Bo‘limlar