“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 14:32
ЎЗO‘Z

Xitoyda koronavirus bilan qayta kasallanish bo‘yicha 195 ta holat aniqlandi

24 fev, 14:45 4 257 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda koronavirus bilan qayta kasallanish bo‘yicha 195 ta holat aniqlandi Foto: EPA
Xitoyning Uxan shahrida 24 fevral holatiga ko‘ra, 195 kishi koronavirus bilan qayta kasallangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.
24 fevral holati bo‘yicha, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 77,1 ming kishini tashkil etmoqda. Virus oqibatida vafot etganlar soni 2592 kishiga yetgan.

South China Morning Post hisob-kitoblariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 2,2 ming kishida koronavirus aniqlangan (Xitoydan tashqari), bir sutka ichida virusni yuqtirib olganlar soni 416 nafarni tashkil etgan.
Kasallikka chalinganlarning aksariyati Yaponiyada — 838 kishi, ularning 630 nafari Diamond Princess sayohat kemasining yo‘lovchilari.

Koronavirus 2019 yil dekabr oxirlarida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida tarqala boshlagan. Koronavirus Xitoyning materikli qismidan tashqarida jami 28 mamlakatda kuzatilgan: AQSH, Rossiya, Italiya, Fransiya, Isroil, Eron, Misr, Ispaniya, Tayvan, Yaponiya va boshqalar. Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpin koronavirus muammosini bartaraf etishiga ishonishini bildirdi. So‘nggi uch kun ichida Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 152 kishiga va vafot etganlar soni uch kishiga yetgan.
koronavirus, qayta kasallanish




Mavzuga oid yangiliklar
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 63
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 215
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 100
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • Bo‘limlar