“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 22:55
ЎЗO‘Z

Prezident farmoni bilan yangi vazirlik tashkil etildi

19 fev, 07:29 4 096 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident farmoni bilan yangi vazirlik tashkil etildi Foto: Prezident matbuot xizmati
«Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF-5938-son, 18.02.2020 y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, har bir mahallada «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan yangi tizim joriy etiladi.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘linmalari tashkil etildi.

Jamiyatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko‘maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini o‘rnatish vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Farmonga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda «Mahalla» o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi va vazirlik tuzilmasiga o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi rahbar organlarining ushbu tashkilotlarni tugatish haqidagi qarorlari qabul qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi «Nuroniy» jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) bo‘limlarini tugatish haqidagi qarorlari qabul qilindi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Hokim mahalla raisining rahbarimi? 15 mar, 11:04
  • Elmira Bositxonova: Endi hokim o‘z ishini mahallalarga qildirishiga chek qo‘yiladi 28 fev, 08:58
  • Zoyir Mirzayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi 22 fev, 11:30
  • Yangi vazirlikning maqsad va vazifalari ma’lum qilindi 20 fev, 07:30
  • Xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari tugatildi 19 fev, 09:23
  • Fuqarolar yig‘ini raisiga qo‘shimcha huquqlar berildi 19 fev, 07:58
  • So'nggi yangiliklar
  • Jizzaxda MIB tomonidan davlat budjetiga 1.4 mlrd. so‘m undirildi 12 мая, 22:22 0
  • Olimlar koronavirusning jinsiy quvvatga ta’sirini o‘rganishdi 12 мая, 21:53 14
  • JCH-2022. Milliy terma jamoamiz qaysi stadionda va soat nechchida o‘ynashi ma’lum 12 мая, 21:30 77
  • "Navbahor" o‘z maydonidagi ilk g‘alabani "Surxon" ustidan qo‘lga kiritdi 12 мая, 21:14 120
  • Yirik hisobda g‘alaba qozongan "Paxtakor" peshqadamlikni qo‘lga oldi 12 мая, 21:04 145
  • Muborak arafa kunlari ota farzandi uchun 7 oylik aliment pullarini to‘ladi 12 мая, 20:47 103
  • Hokimlikdan tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirib berildi 12 мая, 20:25 138
  • Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi 12 мая, 19:56 184
  • Karamning qanday foydali xususiyatlari bor? 12 мая, 19:18 150
  • Toshkentda singlisini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yollagan ayolga sud hukmi o‘qildi 12 мая, 18:36 426
  • Ronalduning agenti uning xizmatlarini APL klubiga taklif qilmoqda 12 мая, 18:00 325
  • «Sputnik V» qachondan oddiy aholiga qo‘llanilishi ma’lum qilindi 12 мая, 17:11 403
  • Bo‘limlar