“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 15:17
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda yoshlar qatlamini 18 dan 35 yoshgacha qilib belgilash taklif qilinmoqda

19 fev, 07:00 4 577 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda yoshlar qatlamini 18 dan 35 yoshgacha qilib belgilash taklif qilinmoqda «Yoshlar (yosh fuqarolar) tushunchasini o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz besh yoshdan oshmagan shaxslar» deb o‘zgartirish haqida petitsiya «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasida yoshlar (yosh fuqarolar) o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar deb belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasida bola (bolalar) o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar) hisoblanishi keltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasining «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasida voyaga yetmagan o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxs deya e’tirof etilgan.

«Yuqoridagilardan kelib chiqib, amaldagi qonunchilikka muvofiq, 14 yoshga to‘lgan va 18 yoshga to‘lmagan shaxs — ham yosh, ham bola va ham voyaga yetmagan shaxs ekanligi kelib chiqmoqda», — deb yozadi petitsiya muallifi.

Murojaatda O‘zbekiston Respublikasining «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasida homiylik — o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli hisoblanishi belgilangan.

«Shu bilan birga, yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator imtiyozlar yaratib berilgan. Ulardan foydalanish, imtiyozli ipoteka kreditlari asosida turar-joylarni sotib olish uchun, shuningdek, yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rni va yo‘lini topib olishida kamida 5-7 yil sarf etiladi. Shuningdek, mazkur masala yuzasidan birgina O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga ham juda ko‘plab murojaatlar kelib tushadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, yoshlar (yosh fuqarolar) tushunchasini o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz besh yoshdan oshmagan deb belgilash kerak», — deyiladi loyihada.

Muallif tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasi uchinchi xatboshidagi «yoshlar (yosh fuqarolar) — o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar» jumlasini «yoshlar (yosh fuqarolar) — o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz besh yoshdan oshmagan shaxslar» deb o‘zgartirish taklif qilinmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 0
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 0
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • So'nggi yangiliklar
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 0
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 0
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 35
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 71
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 88
  • Bo‘limlar