“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 02:10
ЎЗO‘Z

Jabr ko‘rganlar Bosh Vazir bilan ko‘rishdi - mablag‘lar to‘lab beriladigan bo‘ldi

17 fev, 20:42 3 536 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jabr ko‘rganlar Bosh Vazir bilan ko‘rishdi - mablag‘lar to‘lab beriladigan bo‘ldi Abdulla Aripov «Human» xususiy bandlik agentligidan jabrlangan fuqarolar bilan uchrashdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qildi.
Hukumat rahbari bundan keyin tashqi mehnat migratsiyasi bilan faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi shug‘ullanishi maqsadga muvofiqligini qayd etib o‘tdi.

Bosh vazir shuningdek, prezident topshirig‘i bilan «Human» XBAdan zarar ko‘rgan 1086 nafar fuqaro mablag‘lari to‘lab berilishini ma’lum qilgan.
Mablag‘lar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi maxsus jamg‘armadan qoplanadi, keyinchalik bu pullarni agentlikdan undirish choralari ko‘riladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga 2018 yil kuzidan boshlab ruxsat berilgan edi. Shundan keyin o‘tgan bir yil davomida 66ta XBAga fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berilgan.

Hozirda bir nechta XBAlari ustidan jinoyat ishi ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun kunning birinchi yarmida «Human» xususiy bandlik agentligi faoliyatidan jabr chekkan 50 dan ortiq kishi Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoni yonida to‘planib, pullarini qaytarishni talab qilishgandi. Voqea joyida aholi vakillari bilan muzokara o‘tkazgan rasmiylar hukumat rahbarlari bilan uchrashuv belgilashgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 87
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 44
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 231
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 235
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 9
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 17
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 19
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 85
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 39
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 49
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 64
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 106
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 189
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 70
  • Bo‘limlar